Superliga 20-turidan örin olgan «Neftçi» – «Navbahor» (2:1) öyinining 68-daqiqasida mezbonlar futbolçisi Abdurahmon Abdulhaqov gol urganidan söng, «Navbahor» klubi muxlislari ötirgan sektor oldida golni nişonlagan va noloyiq hatti-harakatlarni qilgan edi. Şundan söng, futbolçi «Navbahor» muxlislari tomonidan otilgan baklaşkalar nişoniga aylandi.
Natijada PFL intizom qömitasi musobaqalar reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzgani uçun «Neftçi» futbolçisi Abdurahmon Abdulhaqov 2 million söm miqdorida jarimaga tortdi.
Futbolçi öz qilgan işidan afsusda ekanligini ta'kidlab, «Navbahor» muxlislaridan uzr söradi:
«Öyin vaqtida futbolçi kuçli his-xayajonlar oğuşida böladi. Ayniqsa gol urilgan vaqtda öz his-hayajonlarini jilovlaş biroz qiyin keçadi. Derbida jamoamiz uçun muhim bölgan golni urganimdan söng, mana şunday his-hayajonga berilib, beixtiyor raqib muxlislari tomon yugurdim. Bu esa notöğri qaror edi. Şu sabab «Navbahor» jamoasi muxlislaridan bu işim uçun uzr sörayman», - dedi Abdulhaqov.
Eslatib ötamiz, «Navbahor» futbol klubi ham muxlislarining hulqi va madaniyati borasida tegişli tartibda iş olib bormagani uçun oxirgi marta ogohlantirilgan edi.












