Elit OÇL. 2-tur
«An Nasr» – «Neftçi» 3:1
Gollar: Angelo (33), Ronaldu (42), Ğofurov (78, avtogol) - Odilov (51).
«An Nasr»: Bento, Buşal, Simakan (Şarari, 72), Martines, Aman, Koşta, Angelo, Feliks, Mane (Al Hamdan, 81), Koman (Ayman 13, Al Haybari 78), Ronaldu.
«Neftçi»: Botirali Ergaşev, Boyan Siger, Anvar Ğofurov, Miçel Augusto (Ratinio, 70), Koffi Kuao, Ibrohimxalil Yöldoşev (Farrux Sayfiyev, 46), Ikrom Aliboyev, Jamşid Iskanderov, Abror Ismoilov (Asilbek Jumayev, 63), Yan Sasse (Alişer Odilov, 46), Markus Forss (Stipe Peritsa, 63).
Ogohlantirişlar: Yöldoşev (17), Ğofurov (30), Martines (45+3), Forss (45+3).
Çetlatiş: Aliboyev (65).
12-oktabr kuni OFK Elit Osiyo Çempionlar ligasining 2-turida Özbekiston çempioni «Neftçi» Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida «An Nasr»ga qarşi maydonga tuşdi.
Öyinning birinçi bölimida mezbonlar ikki gol urib, hisobni qulay körinişga keltirdi. Xususan, Kriştianu Ronaldu öz faoliyatidagi 981-golini nişonladi.
Ikkinçi bölim boşida zaxiradan tuşgan Alişer Odilov raqib himoyasidagi qöpol xatodan foydalanib hisobni qisqartirdi va öyinga intriga qaytardi. Ammo köp ötmay farğonaliklar jamoasi yarimhimoyaçisi Ikrom Aliboyev maydon markazida qöpol harakati uçun qizil kartoçka oldi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi.
Qolgan vaqt mobaynida mehmonlarda hisobni tenglaştiriş uçun imkoniyat bölmadi, mezbonlar esa Ğofurov yordamida (avtogol) hisobdagi farqni yana oşirdi – 3:1.
Şu tariqa, «Neftçi» ikki turdan keyin 3 oçko bilan umumiy jadvalda 7-örinda bormoqda (dastlabki turda Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubi 1:0 hisobida mağlub etilgandi).
Birinçi turda BAAning «Al Ayn» klubiga yirik hisobda (0:4) yutqazgan «An Nasr» esa dastlabki oçkolari evaziga 8-örinda joylaşgan.












