Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasida amalga oşirilayotgan soliq va bojxona islohotlariga huquqiy hamrohlik qiliş böyiça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan boş prokurorning soliq va bojxona sohasida qonunçilik ijrosi ustidan nazorat qilişga mas'ul bölgan örinbosari lavozimi joriy etiladi.
Bunda taşqari, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri prokurorlarining şu faoliyat yönalişidagi örinbosarlari, tumanlar (şahar) prokurorlarining örinbosarlari hamda yordamçilari ham iş boşlaydi.

Belgilanişiça, prokuratura organlarining qayta taşkil etiluvçi bölinmalari davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan topşiriluvçi 493 ştat birligi hisobidan şakllantiriladi.

2018 yilda davlat soliq xizmati organlarining Boş prokuraturaga topşiriluvçi ştat birliklarini moliyalaştiriş davlat byudjyeti hamda MIB rivojlaniş jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladi.