Xitoy aerokosmik fanlar va texnologiyalar korporatsiyasi XXR tarixida birinçi marta soatiga 7,1 ming kilometr tezlikda uça oladigan Xingkong-2 gipertovuşli uçuvçi qurilmasini sinovdan muvaffaqiyatli ötkazdi. Bu haqda Global Times gazetasi xabar qildi.
Xitoy Aerokosmik aerodinamika akademiyasi mutaxassislari tomonidan işlab çiqarilgan qurilma XXR şimoli-ğarbidagi poligonlardan birida sinovdan ötkazildi. Işlab çiqaruvçilarning aytişlariça, parvoz vaqtida qurilma raqib uçun oldindan aniqlab bölmaydigan trayektoriya böyiça harakatlangan. Kelajakda u jangovar kallaklar taşişda hamda raketaga qarşi mudofaa tizimida qöllaniladi.
Sinovlar davomida qurilma 10 daqiqaga yaqin vaqt havoda bölgan – bu vaqt içida u 30 kilometr balandlikda qator manyovrlarni bajargan va möljallangan nuqtaga qöngan. Qurilma yana bir neçta sinovlardan ötkazilganidan söng Xitoy xalq ozodlik armiyasiga beriladi.
OAV: Xitoy özining birinçi gipertovuşli qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi












