Temir yöl transporti kommunikatsiyalari va infratuzilmani rivojlantiriş uçun 8 milliard dollardan ortiq mablağ yönaltirildi, şundan 2,6 milliard dollari xorijiy investitsiyalardir. Bu haqda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati jamoasiga tabrigida aytiladi.

Ta'kidlanişiça, «Özbekiston temir yöllari» aksiyadorlik jamiyati taşkil etilgan kundan buyon yuk taşiş hajmi 2,1 marta, yölovçi taşiş hajmi 2 barobar köpaygan, temir yöllar orqali 1,5 milliard tonna yuk taşilib, 370 million nafar yölovçi öz manziliga yetkazilgan.

Hozirgi vaqtda mamlakat böyiça yuklarning 60 foizdan ziyodi, yölovçilarning esa 75 foizdan ortiği temir yöl transporti orqali manzillariga yetkazilmoqda. 

Temiryölçilar tomonidan mustaqillik yillarida 1500 kilometrdan ortiq yangi temir yöllar barpo etilgan, 1800 kilometrlik temir yöl liniyalari elektrlaştirilgan.

Ta'kidlanişiça, bugungi kunda mamlakatda jahon standartlari talablariga javob beradigan 16ta yangi temir yöl vokzali qurildi, 10ta vokzal qayta qurildi va deyarli barça stansiyalar xalqaro sifat standartlari talablari darajasidagi yuqori texnologiyalar bilan jihozlandi.