Polşaning ommabop Wnp axborot portali Özbekistonning transport-logistika infratuzilmasini rivojlantiriş hamda Toşkentda qurilişi rejalaştirilgan yangi xalqaro aeroport loyihasiga bağişlangan maqola e’lon qildi.

Naşrda qayd etilişiça, Özbekiston özining Markaziy Osiyodagi qulay geografik joylaşuvidan foydalanib, mamlakatni xalqaro aviatsiya va logistika habiga aylantiriş böyiça keng kölamli islohotlarni amalga oşirmoqda.

Maqolaga köra, poytaxtdan 24 kilometr uzoqlikda joylaşadigan yangi xalqaro aeroport qurilişi kelgusi beş yil içida yakunlanişi rejalaştirilgan.

Yangi aeroportning dastlabki quvvati yiliga 20 million yölovçi va 129 ming tonna yukka xizmat körsatişni taşkil etadi. Loyihada kelajakda uşbu quvvatni ikki barobarga oşiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan.

Qiymati qariyb 3 milliard yevroga baholanayotgan loyiha davlat mulki saqlab qolingan holda, Saudiya Arabistonining Vision Invest, Yaponiyaning Sojitz Corporation va Janubiy Koreyaning Incheon International Airport Corporation kompaniyalari iştirokidagi xalqaro konsorsium tomonidan amalga oşiriladi.

Polşa naşri xulosasiga köra, Özbekistonda aviatsiya sohasini liberallaştiriş, xususiy aviakompaniyalarni jalb etiş va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilişga qaratilgan islohotlar mamlakatni mintaqaning muhim aviatsiya va logistika markazlaridan biriga aylantirişga xizmat qilmoqda.