“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qat'iy belgilangan soliq stavkalari tizimini soddalaştiriş haqida petitsiya paydo böldi.
Qayd etilişiça, Yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qat'iy belgilangan soliq stavkalari, ya'ni majburiy tölovlar tizimida kamçiliklar mavjud. Çunki hozirda YaTT va boşqa yuridik bölmasdan faoliyat yurituvçilardan har oylik patent (qat'iy belgilangan soliq) olinadi. Patent stavkalari katta şahar, şaharçalar va tuman, qişloq böylab turliça qilingan bölsa-da, tadbirkorning iqtisodiy faoliyatdan oladigan foydasi şahar, qişloqning özida ham, turli joyda turliça böladi. Hatto bozor içida ham, tadbirkor dökonining joylaşgan örniga qarab, savdodan foydasi turliça böladi.
Masalan, bozor eşigi oldida turgan tadbirkor patent pulini yarim kunda işlab topsa, dökoni bozorning oxirida joylaşgan tadbirkor yarim oylik faoliyatidan patent puli uçun mablağ yiğadi, ayrim hollarda umuman yiğa olmaydi. Bizning Buxoro bozorlarida ham bozorning içki, oraliq qismlarida joylaşgan turli dökon eşiklariga “yopiq” va “sotiladi” mazmundagi e'lon osilgan. Çunki, iste'molçi odam kam qatnaydigan joylarda patent pulini qoplab bölmaydi, deyiladi murojaatda.
“Şu sababli, vakolatli organlardan, qat'iy belgilangan soliqning örniga tadbirkorlik faoliyati foydasidan yoki yalpi tuşumidan foiz oliş singari yagona soliq tizimini joriy etiş töğrisida qonun qabul qilişlarini söraymiz”, - deb yozadi petitsiya muallifi.












