Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos xalq oldida çiqiş qilib, siyosiy maydonni tark etişini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning örnini saylovda ğolib bölgan Ivan Duke egallaydi. Santos ketma-ket ikki marta saylovda ğolib bölgan va 8 yil davomida davlatni boşqardi. 

“Siyosatni tark etyapman, ammo içki ziddiyatlarni kamaytirib, tinçlikni saqlaş uçun boşqa sohalarda faoliyat yuritaman. Heç kimga nisbatan nafratim yöq. Davlatda birlik bölsa, yanada kuçayadi. Salohiyatimiz keng. Qutblaşiş bizni çegaralaşiga yöl qöymaylik”,- deya öz fikrini yakunladi Santos.

Şuningdek, sobiq rahbar Dukega muvaffaqiyat tiladi va uning siyosiy faoliyatiga aralaşmaslikka va'da berdi.