Kolumbiya prezidenti Abelardo de la Esprielya mamlakatda sodir bölgan 7,4 magnitudali kuçli zilziladan söng umummilliy favqulodda holat e’lon qildi. U bu haqda 10-avgust kuni, prezidentlik lavozimiga kirişganidan uç kun ötib ma’lum qildi.
Davlat rahbarining ta’kidlaşiça, tabiiy ofat oqibatlariga qarşi kuraşiş uçun mamlakatdagi barça institutsional resurslar safarbar etiladi.
«Birinçi navbatda vayronalar ostida qolgan odamlarni qutqariş kerak», - deya prezident sözlarini keltirgan dpa agentligi.
Kolumbiya mintaqaviy markazlari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga köra, zilzila oqibatida kamida 132 kişi halok bölgan, yana 570 kişi turli darajada jarohatlangan.
Tabiiy ofat bir qator şaharlarda katta vayronagarçiliklarga sabab böldi. Jumladan, Pereyra, Kali va Manisales şaharlarida 1500 dan ortiq turar joy jiddiy zarar körgan.
Taxminan 60 ta bino töliq qulab tuşgan. Şuningdek, 18 ta şifoxona va 52 ta maktab binosiga zarar yetgan. Qutqaruv işlari davom etayotgani bois qurbonlar soni yana ortişi mumkinligidan xavotir bildirilmoqda.
XXI asrda Kolumbiyada qayd etilgan eng kuçli zilzila
Zilzila 10-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:34 da sodir bölgan.
Kolumbiya geologiya xizmati (SGC) ma’lumotiga köra, zilzila öçoği mamlakat ğarbidagi San-Xose-del-Palmar şahri yaqinida, taxminan 103 kilometr çuqurlikda joylaşgan.
Asosiy silkinişdan keyin köplab afterşoklar ham qayd etilgan.
Kolumbiya geologiya xizmati mazkur zilzilani XXI asrda mamlakat hududida qayd etilgan eng kuçli zilzila deb atagan.
AQŞ 15,5 million dollar yordam ajratadi
AQŞ Davlat departamenti 10-avgust kuni zilzila oqibatlarini bartaraf etiş uçun Kolumbiyaga 15,5 million dollarlik şoşilinç yordam paketi ajratilişini ma’lum qildi.
Amerika taşqi siyosat idorasi Kolumbiya xalqi bilan birdamligini bildirib, mamlakat hukumatiga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etişda kömak berişga tayyorligini qayd etgan.












