Amerikalik senatorlar Rossiyaga qarşi sanksiyalar töğrisidagi yangi qonun loyihasini işlab çiqdilar, deya xabar beradi «Kommersant'».
Naşr ma'lumotlariga köra, hujjat turli aktlar bilan joriy etilgan Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yagona mexanizmga birlaştirişni taklif qiladi. Şu maqsadda ham «siyosiy», ham «iqtisodiy» sanksiyalarni nazorat qiladigan, şuningdek, ularni joriy etişni muvofiqlaştiradigan va Yevropa ittifoqi bilan qöllab-quvvatlaydigan maxsus «muvofiqlaştiriş ofisi»ni taşkil etiş taklif qilingan.
Bundan taşqari, qonun loyihasida AQŞda operatsiyalarni taqiqlaş va allaqaçon sanksiyalar ostida bölgan Rossiya bank tuzilmalarining aktivlarini muzlatiş talabi mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq Medvedev Rossiya AQŞ bilan qanday şartda hamkorlik qilişini aytgandi.












