Xitoylik amaldorlar Afğonistondagi "Tolibon" terrorçi harakati a'zolari bilan bir neça marta muzokaralar olib borişgan. Financial Times Pokiston hukumatidagi manbalariga asoslanib, şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, bu Pekinning Afğonistonda 17 yildan buyon davom etib kelayotgan uruşning tugaşida sezilarli rol öynaş istagi bilan boğliq. Uçraşuvlarni taşkillaştirişda qatnaşgan gazeta suhbatdoşlarining aytişiça, Xitoy toliblar bilan aloqa örnatişga astoydil harakat qilmoqda. Uçraşuvning asosiy maqsadlaridan biri şuningdek Xitoydagi Şinjon-Uyğur avtonom tumanidagi musulmonlar bilan boğliq vaziyat muhokamasi bölgan.
"Xitoyliklar uçraşuvni taşkillaştirişga mas'uliyat bilan yondaşişdi, - deya ma'lum qiladi ulardan biri. - Toliblar Pekinda masjidda bölişgan va halol taom bilan oziqlanişgan". Manbada ta'kidlanişiça, tadbirning maqsadi nafaqat terrorçilarni muloqotga çorlaş, balki xitoyliklar musulmonlarga hurmat bilan munosabatda bölişini körsatiş ham bölgan. Şuningdek, uçraşuvda Şinjon-Uyğurdan çiqqan ekstremistlarning Afğoniston hududiga qoçib, Pekinga qarşi harakatlarni taşkillaştiriş muammosi ham muhokama qilingan.
Xitoy TIVda toliblar bilan muhokamalar haqidagi ma'lumot rad etilmadi. Idora vakili bayonotiga köra, XXR Afğonistondagi tinçlik jarayonini hamda ziddiyatga jalb qilingan barça tomonlarni qöllab-quvvatlamoqda.
Financial Times Qatarda toliblar va AQŞ isteblişmenti vakillari örtasida ötgan kamida ikki uçraşuv haqida ham ma'lum qilgan. Biroq, manbaning sözlariga köra, xitoylik amaldorlar amerikalik hamkasblariga nisbatan köproq muvaffaqiyatga erişişgan.












