Meksikada 2000 yildan buyon 138 nafar jurnalist öldirilgan, deb xabar berdi mamlakatning inson huquqlari böyiça milliy komissiyasi.
Komissiyaning ma'lumot berişiça, 2005 yildan beri yana 21 nafar OAV xodimi bedarak yöqolgan.
Avvalroq statistika va geografiya milliy instituti mamlakatda 2017 yilda qotilliklar soni qariyb 31,2 mingtani taşkil etganini xabar qilgandi.
Keyingi yillarda Meksikada AQŞga kokain tranzit qilişni öz nazoratiga olişni istagan narkokartellar örtasidagi kuraş natijasida zöravonliklar tölqini yuzaga keldi. Yil boşidan buyon Meksikada 16 mingga yaqin kişi öldirilgan bölib, bu ötgan yilning birinçi yarmidagiga nisbatan 18%ga köpdir.












