BBC History Magazine dunyo tarixiga eng katta ta'sir körsatgan ayollar reytingini e'lon qildi. Reytingda birinçi öringa fizik va kimyogar olima Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1867–1934) loyiq körildi.
— U fizika böyiça Nobel mukofotini olgan, Parij universiteti professorligiga erişgan birinçi ayol bölgan va ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bölgan birinçi inson bölgan,— dedi Britaniya fan tarixi jamiyati prezidenti Patrisiya Fara.
Reytingning ikkinçi poğonasida AQŞ kongressi tomonidan "inson huquqlari zamonaviy harakatining onasi" deb e'tirof etilgan amerikalik huquq himoyaçisi Roza Parks (1913–2005) joylaşdi. Uçinçi örinni britaniyalik sufrajistlar harakati (ayollarning saylov huquqlari uçun kuraşuvçilar) yetakçisi Emmelin Pankxyorst (1858–1928) egalladi.
Britaniyalik matematik va yozuvçi Ada Lavleys (1815–1852) törtinçi, britaniyalik biofizik va rentgenograf Rozalind Franklin (1920–1958) beşinçi, Buyuk Britaniya boş vaziri Margaret Tetçer (1925–2013) oltinçi öringa joylaşdi.












