9 avgustga ötar keçasi Toşkent şahrining Yunusobod tumani hududida joylaşgan «Aurum 898» tungi klubida röy bergan, erkin kuraş böyiça professional sportçi Jamşid Kenjayev va klub qöriqçilari örtasida kelib çiqqan piçoqbozlik videosi tarqaldi. Sportçining ölimi bilan yakunlangan hodisa binodagi kuzatuv kameralari orqali yozib olingan.
Videoda köriş mumkinki, binoga kiriş eşigi oldida ziddiyat yuzaga kelgaç, Jamşid Kenjayev qöriqçilardan biriga sovuq qurol bilan taşlangan. U ikki qöriqçini jarohatlagan, ammo boşqa qöriqçilar undan piçoqni tortib olib, uni ölasi qilib kaltaklaşgan, sportçiga piçoq bilan 10dan ortiq zarba berilgan. Kenjayev olingan oğir jarohatlar oqibatida şifoxonada jon bergan. Ayni vaqtda ikki qöriqçi, I.Ş va M.A ham şifoxonaga yotqizilgan.
Toşkent şahri IIBB axborotiga köra, janjalda iştirok etgan qöriqçilarning 3 nafari - 29 yoşli Q.Ş, 24 yoşli S va 26 yoşli J qölga olingan.
Prokuratura matbuot xizmati xabar berişiça, uşbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam öldiriş») alomatlari bilan iş qözğatilgan, tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
Iş yuzasidan tergov harakatlari şahar prokuraturasining Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Yunusoboddagi tungi klub vaqtinçalikka yopib qöyilgan.












