Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti tarkibida Özbek-Isroil qöşma “Yuqori texnologiyalar va muhandislik matematikasi” fakultetini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi, deb xabar bermoqda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanali.
Qaror loyihasida Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti tarkibida Isroil davlatining Xolon texnologiyalar instituti bilan hamkorlikdagi Özbek-Isroil qöşma “Yuqori texnologiyalar va muhandislik matematikasi” taşkil etiş belgilangan.
Yangi fakultetda bakalavr va magistrlar, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanib, talabalarni öqitiş tölov-kontrakt asosida özbek, rus va ingliz tillarida, kunduzgi ta'lim şaklida Özbekiston Respublikasi davlat ta'lim standartlari talablari inobatga olingan holda Xolon texnologiyalar institutida (Isroil) qabul qilingan ta'lim standartlari, öquv rejalari va dasturlari asosida amalga oşiriladi.
Hujjatga köra, fakultetga abituriyentlarni talabalikka qabul qiliş va fakultet bitiruvçilarining attestatsiyasi Xolon texnologiyalar institutida (Isroil) belgilangan tartib, talablar va muddatlarga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.
Qaror loyihasiga binoan bakalavr ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotasi mavjud talab va ehtiyojdan kelib çiqib, Universitet va Xolon Texnologiyalar instituti tomonidan Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot hamda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirliklari bilan kelişgan holda belgilanadi.
Fakultet talabalari öquv jarayonida Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi tasarrufidagi Ilğor texnologiyalar markazi laboratoriyalaridan bepul foydalanadi.
Özbek-Isroil qöşma fakulteti bitiruvçilariga Özbekiston Respublikasi hamda Isroilda oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan, özaro kelişuv asosida belgilangan namunadagi ikki tomonlama tan olinadigan Universitet va Xolon Texnologiyalar instituti diplomi beriladi.












