Joriy yilning 6 avgustdan 10 avgustgaça bölgan davr mobaynida “ÖzRTXB” AJ da 762,9 mlrd sömlik bitimlar tuzildi, deb xabar bermoqda "ÖzRTXB" matbuot xizmati.
Körib çiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 541,5 mlrd sömdan 722,9 mlrd sömga kötarildi. Sotuvlar böyiça paxta tolasi birinçi örinni 29,0% bilan egallab turibdi. Ikkinçi örinda quriliş materiallari joylaşgan bölib, birja bozorining 23,7%ni egalladi. Keyingi örinlardan 9,2% uluş bilan neft mahsulotlari, 7,9 % uluş bilan rangli metallar, gaz va polietilen joylaşdi.
Valyuta savdo maydonçasi orqali 3,7 mln AQŞ dollardan ziyod mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelişuvlarning asosiy qismini polietilen taşkil etdi. Uning uluşi 74%ga teng. Keyingi örinni sanoat moyi egalladi. Uning uluşi 26%ni taşkil qiladi.
Ötgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 776ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 milliard sömdan oşdi.
Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 23,5% birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 54% ikkinçi va 22,5% uçinçi toifa avtoraqamlarga tegişli.
Xaridorlar tarkibida yetakçilikni Toşkent va Toşkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi uluşi 18%ga teng. Keyingi örinda Farğona viloyati avto havaskorlari 14% uluş bilan joylaşdi. Uçinçi örin Andijon viloyati avtohavaskorlariga tegişli bölib, uluşi qariyb 12%ni taşkil qiladi. Boşqa hududlarning uluşi 56%ga teng.












