Italiyaning Genuya şahrida avtomobil köprigining qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 35 kişiga yetdi. Bu haqda jurnalistlarga halokat joyida iş olib borayotgan Italiya yonğin xizmati vakili ma'lum qildi.

Avvalroq Italiya transport va infrastruktura vaziri örinbosari Edoardo Riksi köprik qulaşi natijasida 22 kişi halok bölganini bildirgandi. 
Fuqaro mudofaasi milliy xizmati rahbari Anjyelo Borrelli kamida 10 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanayotganini, 13 kişi esa jarohatlanganini qayd etdi.

Qayd etilişiça, balandligi taxminan 50 metr bölgan köprik daryoning ustidan ötgan, u yerda turar joylar, temir yöllari va sanoat zonalari joylaşgan.