Davlat rahbarining topşiriğiga asosan, Toşkent şahrida mahalliy boşqaruvning alohida tartibini joriy etiş maqsadida Farmon loyihasi tajriba sifatida sinovdan ötkazilmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Uşbu tajriba doirasida prezident devoni boşçiligida hamda Adliya vazirligi xodimlarining huquqiy yordamida poytaxtning Mirzo Uluğbek hamda Olmazor tumanlarida taşkiliy işlar olib borilmoqda.
Mazkur tajriba işlari davomida M.Uluğbek tumani TTZ massivida mavjud “Navröz dehqon bozori” yurtimizning tarixida ilk marotaba tadbirkorlik sub'yektiga Işonçli boşqaruvga berildi.

Özi işonçli boşqaruv deganda nima tuşuniladi?
Bu – davlat mulkidan taşkil topgan hamda amalda davlat
idorasining boşqaruvida bölgan mol-mulkni tadbirkorlik sub'yektiga işonçli boşqaruvga topşiriş.
Bu esa öz navbatida, mazkur bozorni endilikda tadbirkor tomonidan mustaqil ravişda erkin iqtisodiy qonuniyatlari asosida hamda davlat organlarining ta'siridan mutlaqo holi holda boşqarişdir.
Barçaga ma'lumki, Özbekiston dehqon bozorlari nafaqat yurtimiz xalqi, balki xorijlik sayyohlar uçun ham özgaça örin tutgan bölib, bu bir neça asrli tarixga egadir.
Biroq, olib borilgan çuqur örganişlar, taqqoslaş hamda tahlillar natijasida, nafaqat poytaxtdagi balki respublikadagi aksariyat bozorlarning iqtisodiy holati ayançli ahvoldaligi ma'lum böldi.
Bugungi kunda respublikada davlat uluşi bölgan 491 ta bozor va savdo komplekslari mavjud. Joriy yil birinçi yarim yillik yakuniga köra ularning byudjyet, jismoniy va yuridik şaxslar oldidagi qarzdorligi 80 mlrd sömdan ortiqni taşkil etadi.
Birgina Mirzo Uluğbek tumanidagi “Navröz dehqon bozori”ning byudjyet va boşqa tölovlar oldidagi qarzdorligi 1,860 mlrd sömni taşkil etmoqda. Uşbu qarzdorlik natijasida bozorning hisob raqamiga band solinganligi sababli, bozor bir neça yillar davomida rivojlanmay kelmoqda. Bundan taşqari, kundalik yiğim badali, xalq tili bilan aytganda “Patta” puli tartibsiz va tizimsiz ravişda undirilişi oqibatida, mahalliy byudjyetga kelib tuşişi belgilangan mablağ qiymati keskin pasayib ketgan. Şuningdek, bozorda tartibsiz ravişda savdo olib borilişi, ya'ni tadbirkorlar tomonidan belgilangan rastalarda emas, aksinça duç kelgan joyda savdo qilişi, sanitar holatga salbiy ta'sir körsatmoqda.

Aniqlangan uşbu kamçiliklardan söng, Toşkent şahar hokimligining rasmiy veb-sahifasiga bozorni işonçli boşqaruvga topşiriş haqida e'lon joylaştirildi.
E'lon asosida kelgan bir qança tadbirkorlar bilan özaro muzokaralar olib borildi. Bozorni rivojlanişiga oid qöyilayotgan şartlarga rozi bölgan tadbirkor bilan bozorning boşqaruv kengaşi hamda uşbu tadbirkor örtasida tegişli şartnoma imzolandi.
Yuqorida aytib ötilganidek, uşbu tajriba ilk marotaba amalga oşirilayotganligi sababli, imzolangan şartnoma Adliya vazirligining mas'ul xodimlari tomonidan işlab çiqilib, unda Işonçli boşqaruvçiga bir neçta asosiy talablar qöyildi.

Bular:
Qisqa muddatda mavjud 1, 860 milliard söm qarzdorlikni bartaraf etiş;
Bozorda innovatsion va texnologik jihatdan mutlaqo yangi uskunalarni qöllaş;
Boşqaruv tizimini bozor prinsiplariga mos holda tubdan özgartiriş;
Oziq-ovqat mahsulotlarining narxini sun'iy ravişda oşib ketmasligini ta'minlaş maqsadida, mahsulot yetiştiruvçi fermer, dehqon xöjaliklari, tomorqa yer egalarining töğridan-töğri özi savdo qilişi uçun şaroit yaratişdir.
Mazkur tajriba ijobiy yakunlangan hamda uşbu közlagan maqsad va pirovard natijalarga erişilgan taqdirda, Adliya vazirligi bozorlarni rivojlantiriş böyiça tegişli qaror loyihasini tayyorlaydi va hukumatga kiritilişini ta'minlaydi.











