Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 3 - moddasiga özgartiş kiritiş haqida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi joylaştirildi.
1-modda. Özbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida”gi
415-I-sonli Qonunining 3-modda matni quyidagi tahrirda bayon etilişi mumkin:
“Uşbu Qonunda quyidagi asosiy tuşunçalar qöllaniladi:
dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga taşxis qöyiş va ularni davolaş, şuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini özgartiriş uçun tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamçi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari, dorivor ösimlik preparatlari hamda dorivor ösimlik xom aşyosi;
dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bölgan yoxud taşxis qöyiş maqsadi uçun foydalaniladigan, dori vositasini işlab çiqariş yoki tayyorlaşda qöllaniladigan, dori vositasining faol ingrediyenti hisoblangan, tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan, kelib çiqişi tabiiy yoki sintetik bölgan moddalar;
dori preparatlari — dozalangan, idişga joylangan-öralgan, qöllaniliş uçun tayyor dori vositalari;
dorivor ösimlik preparatlari – bir yoki bir neça dorivor ösimlik xom aşyosidan işlab çiqarilgan yoki tayyorlangan, iste'mol idişiga joylangan-öralgan dori vositalari;
dorivor ösimlik xom aşyosi — dori vositalarini işlab çiqariş va tayyorlaş uçun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bölgan ösimliklar yoki ularning qismlari;
retsept — şifokorning farmatsevtik ma'lumotga ega bölgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlaş va (yoki) beriş hamda uning qöllaniliş usuli töğrisidagi yozma körsatmasi;
sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati ötgan dori vositasi va tibbiy buyum;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga taşxis qöyiş va ularni davolaş uçun, şuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini özgartiriş uçun tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan, qöllanilişi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta'sir körsatmaydigan buyumlar;
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga taşxis qöyiş va ularni davolaş uçun, şuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlaş hamda özgartiriş uçun tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga ruxsat etilgan, qöllanilişi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik ta'sir körsatmaydigan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
farmakologik vositalar — muayyan dori şakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bölgan, klinik tadqiqot obektlari bölgan modda yoki moddalar aralaşmasi;
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini, şuningdek ularni işlab çiqariş, tayyorlaş, ularning sifatini nazorat qiliş hamda ularni realizatsiya qilişni qamrab oladigan faoliyat;
Özbekiston Respublikasida röyxatdan ötkazilgan dori vositalarining ğayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk töğrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari;
qalbakilaştirilgan dori vositasi va tibbiy buyum — tarkibi yoki xususiyati töğrisida yoxud işlab çiqaruvçisi haqida yolğon axborot ilova qilingan dori vositasi va tibbiy buyum.”
2-modda. Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini uşbu Qonunga muvofiqlaştiradi;
davlat boşqaruv organlari uşbu Qonunga zid bölgan öz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta körib çiqişlari va bekor qilişlarini ta'minlaydi;
uşbu Qonunning ijro etilişini, ijroçilarga yetkazilişini hamda uning mohiyati va ahamiyati aholi örtasida tuşuntirilişini ta'minlaydi.












