Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 18 fevraldagi 5349-son "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni ijrosini ta'minlaş, şuningdek, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boşqaruvida tatbiq etişni rivojlantiriş hamda axborot xavfsizligini ta'minlaş közda tutilgan hujjat loyihasi Özbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida Özbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişda quyidagi yönalişlar belgilab olingan:

— davlat va xöjalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta'minot va elektron xizmatlarning joriy qilinişini muvofiqlaştirişlarini belgilab oliş;

— mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy şerikçiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini taşkil qiliş orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qiliş uçun qulay şaroit yaratiş;

— zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojlantiriş, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirişni joriy qilişni muvofiqlaştiriş;

— davlat boşqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qiliş, elektron tijorat va dasturiy ta'minot bozorini rivojlantiriş orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltiriş;

— Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni taşkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qöllab-quvvatlaş orqali rivojlantiriş böyiça takliflar işlab çiqiş;

— şahar va hududiy infratuzilmani boşqarişda foydalaniş, xususan turar-joy va kommunal xizmat körsatiş, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli şahar» uçun «aqlli tizim»larni işlab çiqiş;

— malakali kadrlar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş. 

Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

— ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan axborot tizimlari va kadrlar bilan ta'minlanganlik holatini töliq inventarizatsiyadan ötkaziş;

— 2018 yilga qadar mazkur yönalişni takomillaştiriş böyiça Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritiş.

Şu bilan birga, 2030 yilga qadar «Raqamli Özbekiston» konsepsiyasini işlab çiqiş yuzasidan ham çora-tadbirlarni amalga oşiriş belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.