Yaponiya hukumati Kutinoerabu orolida Sindake vulqonining otilişi ehtimoli sababli inqiroz ştabini taşkil etdi. Falokatli oqibatlarga olib kelişi mumkin bölgan kuçli vulqon otilişi xavfidan Yaponiya boş meteorologik boşqarmasi ogohlantirgan.
Mutaxassislar bunday xulosaga kelişda vulqon zilzilalari soni keskin oşgani haqidagi ma'lumotlarga asoslanişgan.
“Yer silkinişlari markazi 2015 yil mayida bölgan joyda joylaşgan. Vulqon faolligi yanada kuçayişi mumkin”, deb aytilgan boşqarmada.
Körsatilgan hududda xavflilik darajasi 2-darajadan 4-darajagaça oşirilgan, bu esa evakuatsiyaga tayyorgarlik körişni anglatadi. Vulqondan 3 km radiusda yaşovçi odamlardan juda ehtiyotkor böliş söralgan, çunki katta vulqon toşlari otilişi va lava oqişi ehtimoli mavjud.
2015 yil mayda Kutinoerabuda kutilmaganda vulqon otila boşlagan. Öşanda butun orol aholisi evakuatsiya qilinib, xavflilik darajasi eng yuqori 5-darajagaça oşirilgan. Mahalliy aholi uylariga faqatgina dekabrdagina qayta olgan.












