Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport  vazirining “Jismoniy tarbiya öqituvçilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholaşning reyting tizimi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.

Nizomga köra, pedagog kadrlarning malaka tavsiflariga muvofiqligi Özbekiston Respublikasi Maktabgaça ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi hamda tasarrufida ta'lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan xodimlarning asosiy lavozimlari malaka tavsiflaridagi talablar asosida örganiladi.

Quyidagilar pedagog kadrlarni faoliyati samaradorligini baholaşning asosiy vazifalari hisoblanadi:

öquv fani böyiça malakasi, dars ötiş mahorati, mehnati samaradorligi va malaka oşiriş kurslarida bilimlarini oşirgan pedagog kadrlarni rağbatlantiriş;

jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş, aholining barça qatlamlari, ayniqsa, yoşlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişga jalb etgan hissasi uçun iş haqi miqdorini oşiriş imkoniyatlarini yaratiş;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanişi, çet tillarini bilişi böyiça amaliy könikmalarga ega bölişni ta'minlaş.

Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaşning asosiy prinsiplari davriylik, oşkoralik, kengaşib iş köriş hamda xolislik hisoblanadi.

Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaş maktabgaça, umumiy örta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlari uçun har öquv yili yakuni may-iyun oylari bir marta ötkaziladi.

Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaşni ötkazişda hamda ular faoliyatini muvofiqlaştiriş va nazorat qiliş Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.

Muvofiqlaştiriş işlari, faoliyat samaradorligini baholaş jadvallarini işlab çiqiş va jarayonga oid faoliyatni taşkil etiş böyiça qöşma qarorlar loyihalarini tayyorlaşda iştirok etişdan, uzluksiz ta'lim tizimi pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaşni ötkazişdan hamda ularning natijalarini e'lon qilişdan iborat.

Pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaşni nazorat qiliş, uning natijalarini tahlil qiliş, baholaş hamda mazkur Nizom talablari buzilgan holda qabul qilingan qarorlarga oid ma'lumotnomalarni tasarrufida ta'lim muassasalari bölgan vazirliklar va idoralarga yuboriş orqali amalga oşiriladi.

Pedagog kadrlar asosiy iş joyi böyiça faoliyati samaradorligini baholaşga jalb etiladi. Ta'lim muassasalarida örindoşlik asosida dars beradigan va asosiy 
iş joyi böyiça pedagogik faoliyat bilan şuğullanmaydigan pedagog kadrlar örindoşlik asosida faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasida faoliyati samaradorligini baholaşdan ötadi.

Quyidagilar pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaş komissiyasining vazifalari hisoblanadi:

a) pedagog kadrlarni faoliyati samaradorligini baholaşdan ötkaziş;

b) pedagog kadrning dars ötiş mahorati - dars tahlillari, oçiq darslar ötganligi, ta'lim oluvçilarining reyting körsatkiçlari, ta'lim beriş 
vositalari hamda şakllarini maqbul ravişda tanlaşi, tavsiya etilgan ilğor pedagogik uslub va texnologiyalarni (zamonaviy uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda 
öquv-maşğulotlar ötiş, interfaol ta'lim uslubi va boşqalar) qöllaşi;

v) pedagog kadrning mehnat samaradorligi - ta'lim oluvçilarni tayyorlaganligi, ta'lim oluvçilar va faoliyati samaradorligini baholaşdan ötuvçilarning tuman, şahar, viloyat, respublika, xalqaro va turli musobaqalarda erişgan yutuqlari;

g) axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanişni bilişi, xorijiy tillar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarini suhbat orqali aniqlaş;

d) pedagog kadrlar faoliyati samaradorligini baholaş komissiyasining yakunlari böyiça natijalarni tahlil qiliş va Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga hisobotni taqdim etiş.

Pedagog kadrlarning faoliyati samaradorligini baholaş quyidagi ballar yiğindisi asosida belgilanadi:

faoliyati samaradorligi qoniqarli – 56 balldan 75 ballgaça;
faoliyati samaradorligi örta            – 76 balldan 85 ballgaça;
faoliyati samaradorligi yuqori         – 86 balldan 100 ballgaça.

Öquv-tarbiya jarayoniga katta şaxsiy hissa qöşayotgan, öz kasbiga sodiqlik va taşabbuskorlik, yuqori kasb darajasini namoyon etayotgan iqtidorli pedagog kadrlariga ustama haq tölov miqdorlari quyidagiça belgilanadi:

faoliyati samaradorligi qoniqarli deb qaror qabul qilinsa eng kam oylik iş haqining bir baravari miqdorida;

faoliyati samaradorligi örta darajasi deb qaror qabul qilinsa eng kam oylik iş haqining ikki baravari miqdorida;

faoliyati samaradorligi yuqori deb qaror qabul qilinsa eng kam oylik iş haqining uç baravari miqdorida.