Amerika ştatlari hukumatlari saylovlar xavfsizligini ta'minlaş uçun ajratilgan mablağning uçdan ikki qismini yangi ovoz beriş qurilmalari sotib oliş va saylov jarayoni kiberxavfsizligini ta'minlaşni mustahkamlaşga sarflamoqçi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.  

AQŞ kongressi ştatlarga jami 380 mln dollar ajratdi, bundan 134,2 mln dollarga yaqini beş yil davomida saylovlar kiberxavfsizligini yaxşilaşga, 102,6 mln dollari esa ovoz beriş qurilmalari sotib oliş uçun yönaltiriladi.

Qolgan mablağ esa saylovçilar ma'lumotlar bazasini, saylovdan keyingi audit va kommunikatsiya vositalari uçun sarflanadi.

Avvalroq milliy xavfsizlik böyiça AQŞ prezidenti maslahatçisi tört davlat — Rossiya, Xitoy, Şimoliy Koreya va Eron noyabrda bölib ötadigan kongressga oraliq saylovlarga aralaşişni rejalaştirayotganini ma'lum qilgandi.

21 avgust kuni Microsoft kiberjinoyatçiliklarga qarşi kuraşiş bölinmasi Rossiya bilan aloqador xakerlar AQŞdagi saylovlarga ta'sir körsatişga uringanini aniqlaganini xabar qildi. Kompaniya xabariga köra, «Rossiya hukumati bilan yaqin aloqada bölgan» Strontium xakerlar guruhi Xalqaro respublika instituti va Xadson instituti resurslarining nusxalari bölgan 84ta soxta sayt yaratgan. Microsoft kiberhujumlarning muvaffaqiyatli keçgani hamda ularning nişoni kim bölgani haqida dalillarga ega emasligini bildirgan.
Kreml esa rossiyalik xakerlarning yangi guruhi haqida heç narsani bilmasligini ma'lum qildi.

«Biz saylovlarga ta'sir nimani anglatişini, gap kim haqida borayotganini va qanday asoslarga köra bunday xulosaga kelinayotganini bilmaymiz», — dedi Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov.