Qonunçilikka muvofiq hokimliklar aholini suv bilan ta'minlaş böyiça aniq tadbirlarni amalga oşirişi lozim, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Xususan, hokimliklar aholini markazlaştirilgan kommunal suv tarmoği (vodoprovod) orqali suv bilan ta'minlaş imkoniyati bölmagan holatlarda quyidagilarni amalga oşirişga majbur:

içimlik suvni lokal suv ta'minoti tizimlaridan maxsus avtotransport bilan yetkazib beriş tartibini, aniq muddatlarini, miqdorini, punktlarini belgilaş (tasdiqlaş);

har bir punktga maxsus avtotransport yordamida içimlik suvni yetkazib beruvçi mas'ul taşkilotni belgilaş;

lokal suv ta'minoti tizimlaridan va avtotransport vositasida yetkazib berilgan içimlik suv uçun narxlarni belgilaş.