Ğolib kadrda şimoliy oluşalar baliqçilar taşlab yuborgan baliqlarni tutiş uçun suv ostida kuraşayotgani tasvirlangan. Havodan şiddat bilan şönğigan quşlar tölqinlar ostida ozuqa talaşadi. Surat insonning baliqçilik faoliyati yovvoyi hayvonlar xatti-harakatlariga qanday taʼsir qilişi mumkinligiga eʼtibor qaratadi.

Ikkinçi örinni Linda Nessning «Akulalar darvozasi» surati egalladi. Kadr Janubiy Afrikaning Transkey sohillari yaqinida sardinalarning yillik ommaviy köçişi vaqtida olingan. Unda akula ziç baliq tödasi orasida oziqlanayotgani aks etgan.

Uçinçi örin Lyuk Rumuanning «Mandarinka baliqlarining juftlaşiş raqsi» suratiga berildi. Fotograf 2025-yil dekabrida Lembex böğozida ikki hafta davomida suvosti olamini kuzatgan.

Yorqin rangli mandarinka baliqlarining juftlaşiş marosimi şom paytida sodir böladi. Ular marjonlar orasidan juft bölib çiqib, qisqa vaqt suv qatlamiga kötariladi va yana yaşirinadi. Köplab urinişlar va uzoq kutişdan söng fotograf ana şu ötkinçi lahzani tasvirga olişga muvaffaq bölgan.

Hakamlar yuqori baholagan işlar orasida Romen Baratning «Yana baliq oviga» surati ham bor. Unda Antarktikaning Port-Şarko buruni yaqinida muzdek suvni yorib suzayotgan pingvinlar guruhi aks etgan.
Noam Kortlerning «Oğir yuk» surati Filippindagi Moalboal yaqinida olingan. Kadrda bissa dengiz toşbaqasi millionlab sardinalar tödasi yonida suzmoqda. Suratdagi rakurs tufayli toşbaqa göyo butun baliq tödasini kosasi ustida kötarib ketayotgandek körinadi.












