Mamlakat hukumati kömagida vazirlik va idoralar vakillari, ekspertlar iştirokida aholi fikr va mulohazalarini tahlil qilib, «Özavtosanoat» AK narx şakllanişi prinsiplari va işlab çiqarilayotgan avtomobillarga narxlar hisoblaşdagi asoslarni örganib çiqdi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, tahlil natijalariga köra, işlab çiqarilayotgan alohida modeldagi avtomobillar çakana narxlarini 7,7 foizga oşiriş lozimligi haqidagi qarorga kelingan.
Şu bilan birga, «Spark», «Neksiya» va «Kobalt» kabi aholi örtasida birmunça xaridorgir bölgan modellar çakana narxi özgarişsiz qoldirilgan.
Bildirilişiça, uşbu qarorni qabul qilişda «Jyeneral Motors Özbekiston» AJning oğir moliyaviy holati va ayrim avtomobil modellari işlab çiqarişning norentabelligi e'tiborga olingan. Biroq, ta'kidlanişiça, aksiz soliği stavkalarini optimallaştiriş va dilerlik marjasini kamaytiriş hisobidan narxlarning keskin ösişiga yöl qöyilmagan.
Ta'kidlanişiça, avtomobillar uçun çakana narxlar va aksiz soliği stavkalari saqlab qolinganida, kompaniya va asosiy aksiyador bölgan davlat 2018 yil yakunlari böyiça katta yöqotişlarga uçraşi mumkin edi. Bu kelgusida oddiy soliq tölovçilarga, maşina sotib olmagan taqdirda ham oğir yuk bölib tuşardi.
Xabarda aytilişiça, 2018 yil 1 avgustgaça tuzilgan, jismoniy şaxslar tomonidan kamida 85 foiz va yuridik şaxslar tomonidan 100 foizlik tölovlar amalga oşirilgan şartnomalar böyiça avtomobillar yetkazib beriş şartnomada körsatilgan narxlar va şartlar asosida amalga oşiriladi.
GM Uzbekistan 3ta model narxini özgarişsiz qoldirdi (preyskurant)











