«Formula-1» yetti karra çempioni Mixael Şumaxerning qarindoşlari afsonaviy poygaçining holati haqida gapirib berişdi.

Poygaçiga yaqin bölgan şaxslardan birining ta'kidlaşiça, falajlangan sportçi yiğlay oladi.

«Biz uni nogironlar aravaçasiga ötqazib, toğlar va kölga qaratilgan ajoyib tabiat manzarasini körsatganimizda, u ba'zan yiğlaydi», - deya Şumaxerning nomi oşkor etilmagan qarindoşi sözlarini keltiradi Mirror.

Şumaxer 2013 yilda boşidan oğir jarohat olib, yarim yil davomida komada böldi. Öşandan buyon 49 yoşli nemisning ahvoli haqidagi ma'lumotlar yaşiriladi, uning yaqinlari jamoatçilikdan şaxsiy hayotga aralaşmaslik haqida söraydi.