Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Içki işlar vazirligining “Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş, uni röyxatga oliş va ruxsatnomaning amal qilişini bekor qiliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş, röyxatga oliş va uning amal qiliş muddatini bekor qiliş tartibi töğrisidagi nizomga köra, ruxsatnomani beriş Qoraqalpoğiston Respublikasi içki işlar vazirligi, Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi va viloyatlar içki işlar boşqarmalari yöl harakati xavfsizligi boşqarmalarining röyxatlaş va imtihon oliş bölinma (bölim, bölinma, punkt)lari (keyingi örinlarda -DYHXXning hududiy bölinmalari) tomonidan amalga oşiriladi.
DYHXXning har bir hududiy bölinmalari öz hududida röyxatga olingan avtotransport vositalari uçun yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsat berişni amalga oşiradi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş) işlari Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi huzuridagi “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlar körsatiş markazi” DUK (keyingi örinlarda - iş bajaruvçi) tomonidan ruxsatnoma va tasdiqlangan Davlat standartlariga muvofiq amalga oşiriladi.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytiriş) quyidagi yoruğlik ötkaziş darajasi bölişiga ruxsat beriladi:
orqa oynasi - 5 foizdan kam bölmagan;
orqa yon oynalari - 30 foizdan kam bölmagan;
oynalarni közgusimon tusda özgartirişga(qoraytirişga) ruxsat etilmaydi.
Yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm.dan köp bölmagan va yoruğlik ötkazuvçanligi 30 foizdan kam bölmagan polosa şaklida özgartiriş(qoraytiriş) uçun ruxsatnoma talab etilmaydi. Yengil avtotransport vositalari old oynasining tepa qismi tusini eni 14 sm.dan köp bölmagan va yoruğlik ötkazuvçanligi 30 foizdan kam bölmagan polosa şaklida özgartiriş(qoraytiriş) quyidagiça amalga oşirilişi mumkin:
yengil avtotransport vositasining egasi tomonidan mustaqil ravişda;
Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi huzuridagi “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlar körsatiş markazi” DUK tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida iş bajaruvçi tomonidan.
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş)ga ruxsatnoma yengil avtotransport vositasi egasining DYHXXning hududiy bölinmalariga belgilangan şaklga asosan berilgan arizaga muvofiq taqdim qilinadi.
DYHXXning hududiy bölinmalariga ariza murojaat etuvçi şaxs tomonidan şaxsan topşirilişi şart.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova etilişi lozim:
yengil avtotransport vositasi egasining şaxsini tasdiqlovçi hujjat nusxasi (jismoniy şaxslarga-Özbekiston Respublikasining fuqaroligi pasporti, harbiy xizmatçilar uçun - harbiy qism yoki harbiy muassasalar qömondonligi tomonidan beriladigan şaxsni tasdiqlovçi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno), çet el fuqarolari uçun – Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi yoki içki işlar organining doimiy yoki vaqtinçalik propiska joyi töğrisidagi belgisi qöyilgan çet el fuqarosining milliy pasporti, fuqaroligi bölmagan şaxslar uçun — fuqaroligi bölmagan şaxslarning şaxsini tasdiqlovçi içki işlar organlarining doimiy yoki vaqtinçalik propiska joyi haqidagi belgisi qöyilgan Özbekiston Respublikasida yaşaş guvohnomasi);
yengil avtotransport vositasining tegişliligini tasdiqlovçi hujjat, boşqariş huquqini beruvçi işonçnoma yoki yöl varaqasining (yuridik şaxslarga) nusxalari;
yengil avtotransport vositasining mazkur şaxsga tegişliligini tasdiqlovçi (texnik pasport, texnik talon) röyxatdan ötkazilganligi haqidagi guvohnoma nuşasi;
yuridik şaxslarga tegişli bölgan yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş)ga ruxsatnomani olişga işonçnoma va işonçnoma berilgan şaxsning şaxsini tasdiqlovçi hujjat;
tölov qilinganligi haqidagi bank hujjati:
a) yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartiriş (qoraytiriş)ga ruxsat beriş uçun belgilangan tölov miqdori (Özbekiston Respublikasining jismoniy va yuridik şaxslari, Özbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan çet el vakolatxonalari va yuridik şaxslari);
b) Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi huzuridagi “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmatlar körsatiş markazi” DUK tomonidan tasdiqlangan narxlar asosida avval örnatilgan va mexanik şikastlaniş natijasida yaroqsiz holga kelgan tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynani yoki tusini özgartiruvçi materialni tiklaşga iş bajaruvçining xizmatlari uçun.
Murojaat etuvçi şaxsdan mazkur bandda közda tutilmagan hujjatlarni talab etişga yöl qöyilmaydi.
Quyidagilarga asoslangan holda ruxsatnoma berilmasligi mumkin:
murojaat etuvçi şaxs tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida körsatilgan hujjatlar töliq taqdim etilmaganida;
murojaat etuvçi şaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligi şubha tuğdirganda va aniq bölmagan ma'lumotlar mavjud bölganida;
avtotransport vositasining oynalarida tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun imkon bermaydigan texnik şikastlar bölganida.
Ruxsatnoma berişni boşqa asoslar, şu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan rad etişga yöl qöyilmaydi.
Ruxsatnomani qayta rasmiylaştiriş faqatgina quyidagi hollarda amalga oşiriladi:
yengil avtotransport vositasining hisobga oliş ma'lumotlariga özgartiriş kiritilganida (qayta jixozlaş, davlat raqam belgisi va röyxatga oliş guvohnomasi özgartirilganda);
egasining ma'lumotlarida özgariş bölganida (jismoniy şaxsning familiya, ismi, şarifi özgarganida, yuridik şaxsning turar joyi (poçta manzili) özgarganida yoki nomi qayta nomlanganida);
yengil avtotransport vositalari oynalarini mazkur Nizomning 5-bandida belgilangan tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynalarning yoruğlik ötkazuvçanlik miqdori özgartirilganda.
Qayta rasmiylaştiriş egasining arizasi va taqdim etgan tasdiqlovçi hujjatlari asosida amalga oşiriladi.
Ruxsatnoma avval berilgan ruxsatnomaning amal qiliş muddatining qolgan vaqti uçun qayta rasmiylaştirib beriladi.













