Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toşkent viloyati hokimligining “Jamoat tartibini saqlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjatda aytilişiça: 

alkogolli mahsulotlar bilan çakana savdo qiliş huquqini beruvçi ruxsat guvohnomalari asosida işlovçi ixtisoslaştirilgan dökonlar va alohida savdo zallari (seksiyalar) tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotiş mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan 09:00 ga qadar;

alkogolli mahsulotlarni sotiş huquqi uçun ruxsat guvohnomalari mavjud umumiy ovqatlaniş korxonalari, restoran, kafe, bar va tungi klublar (mehmonxonalar va mehmon uylari bundan mustasno) tomonidan mijozlarga xizmat körsatiş mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 09:00 ga qadar töxtatiladi.

Mazkur qarorning 1-bandida örnatilgan qoidani buziş eng kam iş haqining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq:

viloyat içki işlar organlari öz vakolatlari doirasida mazkur qarorning 1-bandida örnatilgan qoidaga rioya etilişini tekşiradilar;

ma'muriy javobgarlikka tortiş holatlari yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomalar tuman (şahar) içki işlar bölimlari (boşqarmalari) boşliqlari yoki ularning örinbosarlari tomonidan tuziladi hamda boşqa hujjatlar va iş böyiça aşyoviy dalillar (foto- va videomateriallar hamda kamida ikkita xolis iştirokida tuzilgan dalolatnoma) bilan birga örnatilgan tartibda ma'muriy sudlarga huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni körib çiqiş uçun yuboriladi;

aşyoviy dalil sifatida dökonlar, alohida savdo zallari (seksiyalar), umumiy ovqatlaniş korxonalari, restoran, kafe, bar va tungi klublardan alkogolli mahsulotlar, nazorat-kassa maşinalari, bank terminallari hamda savdo-sotiq va xizmat körsatiş bilan boğliq boşqa vositalar olib çiqilmaydi;

tadbirkorlik sub'yektini mazkur qarorga muvofiq ma'muriy javobgarlikka tortiş huquqni muhofaza qiluvçi va boşqa organlar tomonidan uning faoliyatini töxtatib turişga asos bölmaydi.

Viloyat Içki işlar boşqarmasi (A.Allamurodov):

vakolat doirasida mazkur qarorning 1-bandida örnatilgan qoidaga rioya etilişining tekşirilişini hamda ma'muriy javobgarlikka tortiş holatlari yuzasidan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomalarning tuzilişini;

tuzilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi bayonnomani boşqa hujjatlar va iş böyiça aşyoviy dalillar (foto- va videomateriallar hamda kamida ikkita xolis iştirokida tuzilgan dalolatnoma) bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boşlab bir sutkadan keçiktirmay ma'muriy sudlarga yuborilişini ta'minlaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq foydalanuvçilar IIVning kafe va restoranlar işini 23:00dan keyin taqiqlaş haqidagi loyihasini tanqid qilişgandi.