Tojikiston Respublikasi hududi orqali tranzit bilan ötuvçi Özbekiston Respublikasi avtomaşinalari va avtobuslari Tojikiston hududiga kiriş hamda tranziti böyiça tölovlardan ozod etiladi. Bu haqda «Avesta» axborot agentligi Tojikiston bojxona xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Hukumatning tegişli qarori prezident Imomali Rahmon tomonidan Özbekistonga davlat taşrifi arafasida imzolandi.

Mazkur qarorning maqsadi Özbekistondan yengil avtomaşinalar va avtobuslarning Tojikistonga bojsiz kirişi va tranziti uçun şaroitlar yaratişdir.