25 avgust kuni «Barselona» Ispaniya çempionati 2-turi doirasida «Valyadolid» mehmoni böldi va Usmon Dembelening 11-daqiqada urgan goli evaziga 1:0 hisobida ğalaba qozondi.

Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda mezbonlar javob golini urişgandi, ammo kataloniyaliklar hakamga e'tiroz bildirişgaç, VAR tizimi (hakamning videoassistenti) orqali bu vaziyatda ofsayd bölgani qayd etildi va gol bekor qilindi.

Ma'lumot uçun, şu yil martida VAR tizimi yangi mavsumdan boşlab Ispaniya çempionatida ham qöllanişi ma'lum qilingandi.

VAR tizimi 2018 yilgi jahon çempionatida qöllandi. Ayni vaqtda A Seriya va Bundesligada ham bu tizimdan foydalaniladi. 

La Ligada tizim 4 holat uçun qöllanadi:
1. Bahsli gol;
2. Bahsli penalti;
3. Futbolçiga töğridan-töğri qizil kartoçka körsatişda;
4. Futbolçi qoida buzgani darhol qayd etilmaganida.