Xitoy Kobul bilan terrorçilikka qarşi kuraş böyiça hamkorlikni oşiriş maqsadida Afğoniston şimolidagi Badaxşon viloyatida ilk harbiy-maşğulot bazasini qurişni boşladi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda South China Morning Post naşri ma'lum qildi.

Ta'kidlanişiça, Xitoy baza qurilayotgan yerga qurol va afğon kuçlarini tayyorlaş uçun qurilmalarga ega bölgan kamida bir batalonni jönatadi.

Baza özidan şimoldan Tojikiston bilan, janubdan Pokiston bilan va şarqdan Xitoyning Sintszyan-Uyğur muxtor viloyati bilan çegaradoş bölgan, toğlardagi tor yölakni aks ettiruvçi Vaxon yölagida joylaşadi. Xitoyning aksariyat aholisi musulmonlarni taşkil qiluvçi Sintszyanida xalqaro terrorçilik bilan boğlangan ayirmaçi guruhlar harakat qiladi.

Naşrda ta'kidlanişiça, bu Xitoyning qöşni Afğonistondagi ilk harbiy iştiroki böladi. 2017 yilda Xitoy özining ilk xorijiy harbiy-logistik bazasini Afrikaning Jibuti davlatida joylaştirgandi. Biroq u yerdagi kontingentning asosiy qismini dengiz priçali va infratuzilmani quriş bilan şuğullanayotgan muhandislar va quruvçilar taşkil qiladi. Afğonistondagi baza esa uning oxirgi yillar teraktlar sodir etilgan notinç Sintszyan bilan yaqin masofadaligi sababli umuman özga strategik rolni bajarişga qaratilgan.

Kuzatuvçilarning fikriça, harbiy baza Pekin tomonidan Xitoy hududiga IŞID saflarida tayyorgarlik ötgan va harbiy harakatlarda tajriba ortirgan uyğurlar va boşqa ekstremistlarning bostirib kirişi oldini oliş uçun qurilmoqda. Bundan taşqari, Xitoy “Bir kamar, bir yöl” loyihasining transçegaraviy savdo-transport yöllari böylab xavfsizlikni ta'minlaş zaruratidan kelib çiqmoqda. 

Biroq Xitoy mudofaa vazirligi hanuzgaça Afğonistonda baza quriş rejalarini tasdiqlamay kelmoqda.