Itlar röyxatga olinişi va har yili qayta röyxatdan ötkazilişi şart. Bu tegişli veterinariya bölimlari tomonidan amalga oşiriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Itlarni röyxatga olişda itlarning egalariga belgilangan tartibda itlarni röyxatga oliş guvohnomasi beriladi.
Har yili qayta röyxatdan ötkaziş itlarni takroran vaksinatsiya qilinadi. Bu haqda itlarni röyxatga oliş guvohnomasiga tegişli belgi qöyiladi.
Mahalla yiğinlari tegişli veterinariya bölimlariga itlarni quturişga qarşi öz vaqtida vaksinatsiya qiliş uçun itlarni saqlaydigan fuqarolar töğrisidagi ma'lumotlarni ma'lum qiladi.
Zotidan qat'i nazar, 3 oylikdan boşlab itlar vaksinatsiya qilinişi kerak. Yangi sotib olingan itlar, agar ular vaksinatsiya qilingan muddat noma'lum bölsa, sotib olingandan keyin bir hafta muddatda vaksinatsiya qilinişi va röyxatga olinişi kerak.
Köp qavatli uyning alohida kvartirasida qöşnilarning va xususiy uy-joy mulkdorlari şirkatining roziligi bilan bittadan ortiq bölmagan itni va bitta muşukni saqlaşga ruxsat beriladi.
Itlar oçiq joylarda sayr qildirilganda va turar joy binolarida itlarning egalari tinçlik saqlanişini ta'minlaşlari — ertalab soat 8.00 gaça va keçqurun 22.00 dan keyin itlarning vovillaşining oldini olişlari kerak.
Taqiqlanadi:
• itlar va muşuklarni umumiy foydalaniladigan joylarda: zinapoya maydonçalari, çerdaklar, yertölalarda, şuningdek oşxonalar, balkonlar va umumfoydalanişdagi peşayvonlarda saqlaş;
• qöriqçi itlarni ta'lim va tibbiyot muassasalarida saqlaş;
• itlar va muşuklarni umumiy ovqatlaniş korxonalariga, oziq-ovqat dökonlari va boşqa dökonlarning savdo va işlab çiqariş zallariga olib kiriş;
• itlar va muşuklarni köpçilik boradigan joylarda (plyaj, hovuz, favvoralarda va hokazolarda) çömiltiriş yoki yuviş;
• mast holatdagi şaxslar va 14 yoşdan kiçik bolalarning itlarni sayr qildirişi;
• oldini oliş mumkin bölgan itlar va muşuklarning ölişiga yoki jarohatlanişiga olib kelgan itlar va muşuklarni taşlab ketiş, ularga jarohat yetkaziş, ularni qarovsiz holda qoldiriş, ularga ozor beriş yoki jismoniy va ma'naviy azob beriş, ularga nisbatan boşqa yöl qöyib bölmaydigan harakatlarni sodir etiş;
• itlar va muşuklarni sanitariya-epidemiologiya va veterinariya xizmatlarining ruxsatisiz bolalar muassasalarining zoologiya burçaklarida saqlaş.
It böyinboğiga jyeton mahkamlangan holda yetovda olib yurib sayr qildirilişi kerak. Jyetonda itning laqabi, it egasining manzili, telefon raqami körsatilişi kerak. Jyetonlar veterinariya bölimlari tomonidan beriladi.
It oçiq joylarda sayr qildirilganda u tumşuqboğda va 2 metrgaça uzunlikdagi yetovda, jamoat joylarida 1 metrgaça uzunlikdagi yetovda bölişi kerak, tumşuqboğsiz va yetovsiz faqat maxsus ajratilgan maydonlarda sayr qildirişga ruxsat beriladi.
Itlar va muşuklarni transportning jamoat transportidan boşqa barça yer usti turlarida olib yurişga ruxsat beriladi.
Kiçik itlar va muşuklarni jamoat transportida ularning soğliğiga xavf solmaydigan va ular qoçib keta olmaydigan köçma qurilmalarda, şuningdek yölovçilarning xotirjamligi buzilişini istisno etgan şartlarga rioya qilgan holda olib yurişga ruxsat beriladi.
Köçalarda va boşqa jamoat joylarida yetovsiz yurgan itlar va muşuklar hatto böyinboği, jyetoni va tumşuqboği bölgan taqdirda ham, ularning zoti va vazifasidan qat'i nazar, tutib olinişi kerak.
Tutib olingan itlar, zotidan qat'i nazar, 5 kun mobaynida it tutiş xizmatlarida saqlanadi va it egasi murojaat qilgan va itning uniki ekanligi (röyxatga oliş guvohnomasi, veterinariya guvohnomasi) tasdiqlangan va saqlaş xarajatlari tölangan taqdirda egasiga qaytarilişi mumkin.
Körsatib ötilgan muddat tamom bölgandan keyin tutib olingan, kasallik belgilari bölmagan zotli itlar saqlaş xarajatlari tölangandan keyin manfaatdor şaxslarga berilişi mumkin.
Köçmas mulk egalari öz obektlari va hududlarida qarovsiz qolgan hayvonlar bölişiga yoki ularni ovqatlantirişga yöl qöymasliklari kerak. Bunday hayvonlar paydo bölgan taqdirda darhol şahar va tuman obodonlaştiriş boşqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş bölimi xodimlarini çaqiriş zarur.
It va muşuklarni sotib oliş, sotiş, olib keliş va olib ketişga hayvonning soğliği töğrisida veterinariya hujjatlari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa hujjatlar bölgan taqdirda yöl qöyiladi.
Har qanday hayvon egasining mulki hisoblanadi va har qanday mulk singari qonun bilan muhofaza qilinadi.
Hayvon egasidan sudning qaroriga köra yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa asoslar böyiça olib qöyilişi mumkin.
Itning egasi öz itini yetovga boğlangan holda va tumşuqboğda çeklangan vaqt mobaynida yolğiz qoldiriş huquqiga ega.
Itlarning egalari quyidagilarga majbur:
• itlarning qöşnilar tinçligini buzib tinimsiz vovillaşiga yöl qöymaslik çoralarini köriş;
• itlar va muşuklarning umumfoydalanişdagi joylarni (kiriş joylarini, zinapoya maydonçalarini, liftlarni, bolalar maydonçalarini, yölkalarni, yölaklarni, kökalamzorlaştirilgan va obodonlaştirilgan hududlarni va hokazolarni) iflos qilişiga yöl qöymaslik;
• umumfoydalanişdagi joylarda itlar va muşuklar qoldirgan ekskrementlarni (axlat) olib taşlaş;
• itlar va muşuklar qoldiradigan ekskrementlarni (axlat) darhol yiğiştirib oliş uçun özi bilan anjom olib yuriş;
• itlarni sotib olişda va boşqa joyga köçganda ularni tegişli veterinariya bölimlarida röyxatdan ötkaziş va har yili qayta röyxatdan ötkaziş, şuningdek zarur ma'lumotlarni mahalla yiğiniga ma'lum qiliş;
• itlarni röyxatga oliş guvohnomasini taqdim etiş hamda itlarni tekşiriş va kasallikning oldini oluvçi emlaş uçun veterinariya bölimiga olib keliş;
• tegişli hududga kirişda it borligi töğrisida ogohlantiradigan taxtaça örnatiş;
• it yoki muşuk odamlarni yoki hayvonlarni tişlagan taqdirda uni darhol tekşiriş va 10 kun muddat ajratib qöyiş uçun veterinariya bölimiga olib keliş hamda birinçi va takroriy veterinariya körigi haqidagi ma'lumotnomani veterinariya bölimidan oliş va uni tişlaşdan jabrlangan şaxsga darhol topşiriş;
• hayvonlar quturiş kasalligiga çalinganligi haqidagi har bir şubhalanişda darhol veterinariya bölimini xabardor qiliş va ularni ajratib qöyiş uçun zarur çoralar köriş;
• kasal itlar va muşuklarni hayvonlar ajratib qöyiladigan maxsus xizmatlarga topşiriş;
• itlar ölgan taqdirda veterinariya bölimiga, yaşaş joyidagi mahalla yiğiniga xabar beriş hamda ölgan itning jasadini taşlab yubormaslik, uni itni röyxatga oliş guvohnomasini ilova qilgan holda tuman va şahar obodonlaştiriş boşqarmalari huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutiş bölimiga topşiriş.
Uşbu talablarga rioya qilmaslik, şuningdek mansabdor şaxslar tomonidan egasiz hayvonlarni tuttiriş çoralarini körmaganlik fuqarolarga 18400 sömdan 92150 sömgaça, mansabdor şaxslarga esa 92150 sömdan 184300 sömgaça jarima solişga sabab böladi.
Agar huquqbuzarlik fuqarolarning soğliği yoki mol-mulkiga zarar yetişiga olib kelsa fuqarolarga 92150 sömdan 184300 sömgaça, mansabdor şaxslarga esa 184300 sömdan 368600 sömgaça jarima solişga sabab böladi.












