Markazda tartibga soliş “qumdoni” doirasida yangi yeçimlarni sinovdan ötkaziş, iş haqini xorijiy valutada tölaş, xalqaro mehnat standartlarini joriy qiliş, şaxsga doir ma’lumotlarni xalqaro standartlar va bulutli texnologiyalar asosida qayta işlaş mumkin böladi.

Intellektual mulkni himoya qiliş, investitsiyalar, startaplar va eksport uçun qulay şaroitlar yaratiladi. Bojxona va soliq böyiça yengilliklar beriladi.

Sun’iy intellekt texnologiyalari, raqamli transformatsiya, tadqiqot va işlanmalar, sertifikatlaştiriş, startaplar hamda ma’lumotlar markazlari uşbu markaz faoliyatining asosiy yönalişlari etib belgilanmoqda.

Taqdimotda 2030 yilgaça mazkur markaz orqali 1 mingtagaça kompaniyani jalb qiliş, 300 mingdan ziyod iş örni yaratiş va 5 milliard dollarlik eksport salohiyatiga çiqiş maqsadi belgilangani aytildi. Bir qator yirik xalqaro texnologik kompaniyalar uşbu taşabbusga qiziqiş bildirgani qayd etildi.