​1974 yili 28 avgustda SSSR davlatida ilk marta dehqonlarga pasport berila boşlangan. Qariyb yarim asr mobaynida sobiq şörolar hukumati aholining barça qatlam vakillariga birdek pasport taqdim etmadi. Gap şundaki, sovetlar xalqning ijtimoiy himoyaga öta muhtoj hamda intellegentsiyasi vakillarining xorijga ketib qolişidan qörqqan. 

XX asrning 20-yillarida amaliyotga tatbiq etilgan kollektivizatsiya islohoti qişloq xöjaligi xodimlarining mehnatini arzimas tölov va mahsulotlar qiymatiga tenglaştirdi. Şunday söng, dehqonlarning iş joyini tark etib, aholi gavjum, nisbatan markaziy şaharlarga iş izlab kelişi kuçaydi. 1932 yili Markaziy ijroiya qömita yangi qarorni e'lon qildi: mamlakatda yagona pasport tizimi joriy etiladi. Şu orqali fuqarolarning davlat içida şaharlararo erkin harakatlanişini çeklovçi propiska tizimi ham paydo böldi. 

Kolxozçilarning mamlakatdan umuman çiqib ketolmaslik, şuningdek, yirik şaharlarga köçib bormasligi uçun, ularga pasport ham berilmadi. Bu jarayon 1974 yil 28 avgustga qadar davom etdi. Rasman kolxozçining boşqa şaharga köçib ötişga, xorijga çiqişga ham imkoniyat bor edi: buning uçun unga kolxoz raisining yozma ruxsatnomasi taqdim etiladi. Faqat 1983 yili Sovmin e'lon qilgan yangi qarorga köra, 16 yoşga tölgan barça SSSR fuqarolari pasport olişga haqli va majbur böldi. 

Tarix silsilasida muhrlangan uşbu voqealarning bir jihati Özbekiston fuqarosini ajablantirmaydi. Ya'ni, kolxoz raisi ruxsat bergandagina çetga çiqiş imkoniyati hanuzgaça Özbekistonda özgaça şaklda barhayot. Bu xalq tilida ommalaşgan OVIR (SSSR IIV tizimida mavjud Otdel viz i registratsii sözlarining abbreviaturasi) yoxud xorijga çiqiş uçun ruxsatnomasini (stiker) eslatib yuboradi. 

Ming şukrki, sobiq sovet elementi (balki quldorlik dermiz) hayotimizdan yöq bölib ketişi mumkin (edi). Gap şundaki, içki va xorijga çiqiş pasportlarini beriş tartibini joriy qilgan holda şu yilning uçinçi çoragida xorijga çiqiş uçun ruxsatnoma (stiker) rasmiylaştiriş tartibini bekor qiliş közda tutilgan. Ammo, biroq, lekin... 

Ma'lum qilinişiça, ID-kartalar haqiqiy amaldagi biometrik pasportlarni almaştiradi, stikerlar belgilangan muddatgaça amal qiladi. Şundan söng, yangi tartibga köra, xorijga çiqiş uçun «millati» ustuni qöşilmagan yangi pasport beriladi. Soddaroq qilib aytganda, fuqarolar ID-karta va xorijga çiqiş pasporti bilan qoladi. Bu amaliyot barça rivojlangan mamlakatlarda ham uçraydi. Xursand bölişga şoşilmaymiz, zero, masalaning nozik jihatlari ham bor. 

Özbekistonlik huquqşunos Nodir Zakirovning aytişiça, joriy etilganiga 5 yil bölgan qölimizdagi pasport xorijga çiqiş uçun barça standartlarga javob beradi. 

«Hozirgi biometrik pasportimiz siz-u bizga neça pulga tuşganini bilasizmi? 2010 yil Özbekiston Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Davlat personallaştiriş markazi biometrik pasportlarni yölga qöyiş uçun Fransiyaning Oberthur Technologies kompaniyasiga 75,1 million yevrolik şartnoma taqdim etgan», deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçisi.

Haqiqatan, Özbekiston milliy pasporti Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi taşkilotining barça talablariga javob beradi, unda vizalar uçun maxsus varaqlar mavjud, eng ilğor texnologiya asosida yaratilgan mikroprotsessor örnatilgan. Amaldagi pasportdan voz keçib, yangi şunday (balki tusi özgarib qolar, aytgança «millati» ustuni yöqoladi-ku) şakldagi pasportga ötiş nimaga kerak? Hozir, yana byudjyetdan şunça örinsiz xarajat kerakmi?

Gapning boşqa tomonida surat özgaça: Jahon banki 2017 yili Oberthur Technologies fransuz kompaniyasining korruptsion kirdikorlari uçun, unga nisbatan sanksiya e'lon qilgan. Kompaniya (ayni paytda u Idemia deb ham ataladi) Bangladeşda milliy  ID-karta tizimini joriy etiş böyiça şartnomani qölga kiritiş uçun pora berganlikda ayblanadi. Şunday qilib, kompaniya Jahon banki tomonidan moliyalaştiriladigan loyihalarda 2,5 yilga iştirok etiş huquqidan mahrum etilgan. Ha, aynan Özbekiston fuqarolari uçun amaldagi biometrik pasport tizimini işlab çiqişda iştirok etgan kompaniyaning şunday kirdikorlari oşkor böldi. Bundan taşqari, anonim qoliş şarti bilan suhbatlaşgan yuqori mansabdor şaxsning ta'kidlaşiça, biometrik pasport bazasini muvofiqlaştirib turuvçi dastur texnik jihatdan eskirmoqda. Uni quvvatlab turiş uçun dasturning yangi kalitini sotib oliş şart. Bunday masala mana şu pasportni joriy etiş paytida ham öylab körilganmi, bizga noma'lum. Gapning indallosi, yangi xorijga çiqiş pasporti amaldagi pasport bilan yuzaga kelayotgan masalalarni ham töldirib ketişi, balki yangi firibga ham yöl oçişi mumkin. 

Demak, barça standartlarga javob beradigan pasportimizni yana şunday pasportga almaştirişdan yuqori mansabdor şaxslar manfaat körişi mumkinmi? Kim bilsin, ammo yangi xorijga çiqiş pasporti bilan ham inson huquq va erkinliklari ham töla tiklanmaydi. Gap şundaki, yangi xorijga çiqiş pasporti ham amaldagisi kabi 10 yil muddatga berilişi nazarda tutilgan. (Yana suhbat bölar, mahalladan, MIBdan qarzi yöqligi haqida  ma'lumotnoma, bankdagi hisob raqamlari söralişi mumkin). 

De fakto işning bunday davom etişi xorijga çiqiş ruxsatnomasini taqdim etuvçi stikerning pasportga aylanib qolişini anglatmoqda. Agar şunday bölsa, masalaning soddaroq yeçimini taklif etamiz: OVIR bekor qilinmasin. Davlat byudjyetidan yana mablağ sarflab, odamlarni ovora qilib yangi pasport tarqatilmasin. Şunçaki stikerning umri 10 yilga qadar çözilsa, bas. Ha, aytgança, şunda ID-karta va amaldagi pasportimiz bilan qolamiz, faqat unga yopiştiriladigan stiker 10 yilga berilişi lozim. 

Alişer Rözioxunov