Mustaqillik bayrami oldidan Andijon viloyatida juda köplab yangi işlab çiqariş korxonalari va muassasalar öz faoliyatini boşlaşi rejalaştirilgan.  Ayni kunlarda viloyatning barça tumanlarida ana şunday obektlarning oçiliş marosimlari bölib ötmoqda.

29 avgust kuni Izboskan tumanida meva va sabzavotni qayta işlovçi korxona işga tuşdi. Korxona yiliga 30 ming tonna meva-sabzavotlardan şarbat va konserva mahsulotlarini işlab çiqariş quvvatiga ega. Unda 120 ta yangi iş örinlari yaratildi.

Işlab çiqarilgan mahsulotlarni asosan boşqa davlatlarga eksport qiliş rejalaştirilgan.

Mazkur obektlarning oçiliş marosimida viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov iştirok etdi.  

Izboskan tumanida yana bir işlab çiqariş korxonasi “Djigital prime tekstil”  ma'suliyati çeklangan jamiyatining investitsiya loyihasi taqdimoti ötkazildi (korxona Korxona tomonidan töqimaçilik, kalava ip işlab çiqarişni taşkil etiş loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyiha qiymati 23 mln. dollarni (15 mln. doll. töğridan-töğri xorijiy investitsiya) taşkil etadi.

Loyiha amalga oşirilganidan söng işlab çiqarilgan mahsulotlarning 100 foizi Rossiya, Qozoğiston va Turkmanistonga eksport qiliş rejalaştirilgan.  

Şu kuni Andijon şahridagi yana bir tekstil fabrikasi, Izboskan tumanidagi xususiy şifoxona, Zahiriddin Muhammad Bobur nomli maktabning oçiliş marosimlari ham bölib ötdi.

Oltinköl  tumani tadbirkori tomonidan amalga oşirilgan loyiha ayniqsa diqqatga sazovor. “Eko Klean Trans” korxonasi maişiy çiqindilarni yiğiş va qayta işlaş bilan şuğullanadi. Korxonaga loyihani amalga oşiriş uçun Andijon tumani hududidagi “Kulla” MFY öramidan yer maydoni ajratib berilgan.

Korxona tomonidan Dasturda belgilangan investitsiya mablağlarini özlaştiriş hisobiga yiliga 200 ming tonna maişiy çiqindilarni qayta işlab çiqariş quvvatiga ega bölgan loyiha foydalanişga topşirildi va 250 ta yangi iş örinlari yaratildi.

 

Elmurod Ermatov, Andijon

KUN.UZ muxbiri