Xitoyning Futszyan provinsiyasi Fuçjou şahrida ona qizi sun'iy hovuzda çökayotganini bir daqiqadan ortiqroq vaqt davomida payqamadi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Bir yoşli qizça tuğilgan kuni munosabati bilan basseynga olib borilgan. Onasi mobil telefoniga çalğib qolganda, çaqaloq içida bölgan qutqariş çambaragi ağdarilib ketadi. Natijada bolaning boşi suv ostida qolgan.
Ayol matnli xabar yozayotgan bölgan va nima röy berganini sezmagan. Uning e'tiborini boşqa bola öziga tortişga urinadi, lekin u parvo ham qilmaydi. Basseyn xodimi biroz vaqtga çiqib ketgan bölgan, şuning uçun uning yonida katta yoşli boşqa odamlar bölmagan.
Ayol qizi çökib ketayotganini anglaganida oradan deyarli bir yarim daqiqa ötgandi. U qizini olib çiqdi va unga sun'iy nafas berişga harakat qildi, söng tezlik bilan çiqib ketgan.
20 daqiqadan keyin ona bolani kasalxonaga olib kelgan. Öşa paytda qiz nafas olmayotgandi, yuragi töxtab qolgan bölgan. Şifokorlar uni jonlantirişga muvaffaq bölişdi, lekin u huşiga kelmadi.
Bola juda oğir ahvolda kasalxonada qolmoqda. Basseyn menejyeri tibbiy xarajatlarning bir qismini tölab beriş taklifi bilan çiqqan.












