Moliya vazirligi va DSQning qarori bilan soliq hisobotining şakllariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Hisoblangan va amalda tölangan daromadlar summalari hamda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğining uşlab qolingan summalari töğrisidagi ma'lumotlarning4.3-bandi 010-satrining «Körsatkiçlar» ustunidagi «Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 181-moddasida körsatilgan» degan sözlar çiqarib taşlandi. Uşbu satrda JŞDSning eng kam stavkasi böyiça soliq solinadigan daromadlar körsatiladi. Biroq, Soliq kodeksining 181-moddasida nazarda tutilgan daromadlardan taşqari, quyidagi daromadlarga ham 7,5%lik eng kam stavka böyiça soliq solinadi:

• kasanaçilarning (24.05.2017 yildagi PQ–2996-son qarorning 3-bandi);
• Axborot texnologiyalarini işlab çiqiş va joriy qilişni qöllab-quvvatlaş böyiça «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi rezidentlari bilan tuzilgan mehnat şartnomalari böyiça jismoniy şaxslar tomonidan olingan mehnatga haq tölaş tarzidagi (30.06.2017 yildagi PF–5099-son Farmonning 8-bandi).
 
Tölangan daromadlar va uşlab qolingan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği summalari töğrisida ma'lumotnomada (I bölim 5-bandi) dividendlar tarzida olingan va dividend tölagan yuridik şaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yönaltirilgan daromadlar aks ettiriladigan satrga «2018 yil 1 apreligaça» sözlari qöşimça qilindi. Şuningdek mazkur aniqlaştiriş bilan ilovaga qöşimça havolalar kiritildi. Jismoniy şaxslarning bunday daromadlarini soliq solişdan ozod qiliş böyiça imtiyoz 2018 yil 1 aprelgaça amal qilganligi munosabati bilan uşbu qöşimça kiritildi.   
 
Jismoniy şaxsning jami yillik daromadi töğrisidagi deklaratsiyada ham dividendlar böyiça imtiyozlar bekor qilingani aks ettirildi – II bölimi 12-bandining «d» kiçik bandi «2018 yil 1 apreligaça» sözlari bilan töldirildi.
 
Hujjat 20.08.2018 yildan kuçga kirdi.