Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning otasi Abdumannop Nurmagomedova Artyom Lobov va Zubayr Tuxugov jangi böyiça öz taxminini bildirdi. Uning sözlari Tofight.ru tomonidan keltirilgan.

«Oçiği, men bu jangni unçalik ham kutayotganim yöq. Bilamanki, Zubayr Artyomdan köra kuçliroq, şuning uçun menga bu jang juda qiziq emas. Tuxugov Lobovni yöq qilib taşlaydi. Mening fikrimça, u jangni 1- yoki 2-raundda tugatadi», - deydi katta Nurmagomedov.

Lobov va Tuxugov jangi 28 oktabrda rejalaştirilgan UFC Fight Night 138 musobaqasi doirasida bölib ötadi. Lobov 13ta ğalaba, 14ta mağlubiyat va 1 durangga ega. Grozniyda tuğilgan Tuxugov professional faoliyatida 22ta jang ötkazib, ularning 18tasida ğalaba qozongan va 4tasida mağlub bölgan.

Lobov MMA'ning irlandiyalik jangçisi Konor Makgregorning sparring-şerigi sanaladi. Aprel oyida kiçik Nurmagomedov Lobov bilan mojaroga bordi. Bir neça kun ötganidan keyin Makgregor rossiyalikni izlab Nyu-Yorkka keldi, UFC jangçilari bölgan avtobusga hujum qildi va politsiyaga tuşib qoldi. Irlandiyalik 6 oktabr kuni Las-Vegasda Nurmagomedov bilan jang qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregordan hayiqayotgan murabbiyiga murojaat bilan çiqqandi.