Öş şahrida Özbekistonning qöllab-quvvatlaşi ostida qurilgan Alişer Navoiy nomidagi 18-sonli yangi zamonaviy maktab-gimnaziyasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Qirğizistonning "Turmuş" naşri şu haqida xabar berdi. 

Maktab-gimnaziya oçilişida QR Jogorku Keneş notiği Dostonbek Jumabekov, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati raisi Niğmatulla Yöldoşev, Öş şahri hokimi Taalaybek Saribaşov, ta'lim sohasi vakillari, ota-onalar va öquvçilar qatnaşişdi. 

Jumabekov barçani yangi öquv yili boşlanişi bilan qutlab, ikki xalq örtasidagi döstlik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik rivojini qayd etdi. 

Niğmatulla Yöldoşev Özbekistonda qirğiz ta'lim tilida öqitiluvçi 90 ta maktab işlayotgani, ularda 7,5 ming  bola  ta'lim olayotganini ta'kidladi. 

Manbaga köra, maktabda 26 katta va 22 kiçik inşoot mavjud. Ommaviy tadbirlar uçun 150 örinli madaniyat zali bor. Şuningdek maktab binosi 190 örinli oşxona, 56 kompyuter, 33 televizor, 4 ekranli proyektor bilan ta'minlangan.

Navoiy nomidagi maktab qurilişi 2017 yilning oktabrida boşlangan. Obekt qurilişi Toşkentning «Trest-12» MÇJ tomonidan amalga oşirilgan.

Qurilişning umumiy maydoni 1,15 gektarni taşkil qiladi, zamonaviy öquv korpuslari, oşxona, tadbirlar zali, sport zali, futbol va basketbol maydonlari şular jumlasidandir.