«Gelders Xerenberg» futbol jamoasining 13 yoşli darvozaboni raqib bilan töqnaşuv oqibatida olgan jarohati tufayli vafot etdi. 

Omroepgelderland’ning xabar berişiça, fojia Gollandiyaning MvR musobaqasi kubok öyini vaqtida yuz berdi. Darvozabon raqib bilan töqnaşgan, söng huşidan ketgan. Bolaga tez yordam çaqirildi, ammo yoş darvozabonda yurak urişi va nafas olişi darhol sekinlaşgan. Voqea joyiga yetib kelgan şifokorlar öyinçini qutqara olmadilar. Uçraşuv töxtatildi.

«Bunday kutilmagan töqnaşuv şunday dahşatli oqibatga olib kelganiga işoniş qiyin. Biz uning oilasi va döstlariga hamdardlik bildiramiz. Biz ularga sabr-toqat, bardoş tilaymiz», - deya ma'lum qilişgan MvR’ga vafot etgan sportçining döstlari hamda va ota-onasi oldida.