AQŞ hukumati Özbekiston hukumati bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo mamlakatlariga sof, samarali, kamxarj bölgan qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etişni jadallaştirişga yordam beruvçi dasturni işga tuşirdi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi xabar berdi.

AQŞ Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) tomonidan moliyalaştirilgan «Kelajak Energiyasi» dasturi uşbu sohadagi siyosiy, normativ-huquqiy, texnik va moliyaviy tösiqlarni bartaraf etiş hamda mintaqada toza energiyaga investitsiyalar kiritiş muhitini takomillaştiriş maqsadida milliy hukumatlarga kömak beradi va donorlar xamda boşqa muhim manfaatdor tomonlar bilan yaqindan hamkorlik qilişni közda tutadi.

Özbekiston hukumati qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etişni 2017-2021 yillar uçun möljallangan Özbekiston rivojlanişining beşta ustuvor yönalişlari böyiça harakatlar strategiyasi doirasida ustuvor yönaliş deb belgiladi. 

«Ötgan yili Özbekiston kelgusi bir neça yillar davomida qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantiriş va energiya samaradorligini oşiriş maqsadida davlat dasturi qabul qildi va gidroenergetika, quyoş va şamol energetikasini rivojlantiriş uçun investitsiya yönaltiriş va sezilarli miqdorda mablağlar ajratişni rejalaştirmoqda», - deyiladi xabarda.

Dasturning işga tuşişiga bağişlangan marosim «Markaziy Osiyoda qayta tiklanadigan energiya manbalarini qöllaş orqali elektr energiya sektorini rivojlantiriş» mavzusi ostidagi ikki kunlik xalqaro konferensiyani oçib berdi. Konferentsiyada iştirok etiş uçun Qozoğiston, Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston respublikalaridan olimlar, akademiklar va nodavlat notijorat taşkilotlari, tadqiqot markazlari va institutlari vakillari kelib, qayta tiklanadigan energetika sohasidagi ilğor texnologiyalar va amaliyotlarga oid yangiliklar bilan tanişdilar va öz fikr-mulohazalari bilan örtoqlaşdilar.