7 sentabrda turkiyalik kinorejissyor Ali Avçi “Uyğoniş” badiiy filmida terrorçilikni tarğib qilgani uçun jazolandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Uşbu filmda 2016 yil iyulda Turkiyada sodir etilgan davlat töntaruviga uriniş agar amalga oşganda nima bölişi haqida sözlangan bölib, unda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va uning oilasi öldiriladi. 

Avçi filmning treyleri çiqqandan keyin hibsga olingan. Film syujyetiga köra, zobit Erdöğan ibodat qilayotganda uning gardaniga öq uzadi. Stsenariy böyiça, Erdöğanning butun oilasi, jumladan uning kuyovi – Turkiya moliya vaziri Barat Albayroq halok böladi.

Istanbul sudi Avçini Fathulla Gulen taşkiloti bilan hamkorlikda ayblab, 6 yil 3 oyga ozodlikdan mahrum etgan. Turkiyada töntaruvga urinişni taşkillaştiriş ortida aynan Gulen va uning tarafdorlari turgan, deb hisoblanadi.

Sudning fikriça, Avçi film orqali jamiyatda “terrorçilik taşkiloti” ğoyasini tarğib qilişga harakat qilgan. Sudlanuvçi Erdöğanning özi ham isyonçilarning nişoni bölgani haqida aytganini ta'kidlab, öziga qöyilgan ayblovni rad etgan. U özini oqlaş maqsadida agar terrorçilikni tarğib qilişni istaganda Erdöğanni öldirilgan emas, balki mamlakatdan qoçgan körinişda akslantirgan bölişini aytgan.

“Bu film agar töntaruv amalga oşganda nima bölişi haqida. Meni Erdöğanga töpponça öqtalgan sahna uçun jazolaşmoqda. Biroq istalgan odamdan sörang, töntaruvdan maqsad Erdöğan bölgan, buni prezidentning özi ham aytadi. Agar men terrorçilikni tarğib qilganimda Erdöğanni ibodat qilayotgan holda emas, balki qoçiş rejasini tuzayotgan holda körsatardim. Agar men yaşirin murojaat qilişni istaganimni isbotlay olişsa, men umrbod qamoqqa borişga tayyorman”, deb aytgan Avçi.

Turkiyada 2016 yil 16 iyulga ötar keçasi harbiy töntaruvga uriniş amalga oşirilgandi. Asosiy töqnaşuvlar Anqara va Istanbulda keçgan. Voqea oqibatida 240 dan köproq odam halok bölgan, 2 mingdan köproği jarohat olgan. Isyonni bostirişga muvaffaq bölingan. 

Isyondan keyin Turkiyada 50 mingdan köproq odam hibsga olingan, 160 mingdan köproq davlat xizmatçisi öz işidan böşatib yuborilgan.