Özbekiston Respublikasi boş prokurorining buyruği bilan Nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlarni kelişiş va ötkaziş tartibi haqidagi vaqtinçalik nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida nazorat qiluvçi organlarning markaziy apparati tomonidan taşkil etiladigan tekşiruvlar Boş prokuratura, ularning hududiy bölinmalari tomonidan ötkaziladigan tekşiruvlar tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokuraturalari bilan kelişiladi.
Tekşiruv ötkazişni vakolatli organ bilan kelişiş Tekşiruvlarni elektron röyxatga oliş yagona tizimi orqali amalga oşiriladi.
Yagona tizim töliq işga tuşirilgunga qadar tekşiruv ötkazişni kelişiş bilan boğliq bölgan yozişmalar qoğoz şaklida rasmiylaştirilişi mumkin.
Nazorat qiluvçi organ va vakolatli organ örtasidagi davlat siri bilan boğliq bölgan tekşiruvlarni ötkazişga oid axborot almaşinuvi davlat sirlarini saqlaş töğrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi hamda bunday tekşiruvlar haqidagi ma'lumotlar Yagona tizimga kiritilmaydi.
Muddati bir kun bölgan tekşiruvlarni kelişiş viloyat prokuraturasi tomonidan, muddati bir kundan ortiq bölgan tekşiruvlarni kelişiş faqat Boş prokuratura tomonidan amalga oşiriladi.
Çet el investitsiyalari iştirokidagi korxonalar, xorijiy korxonalar, şuningdek erkin iqtisodiy zonalarda joylaşgan korxonalarda ötkaziladigan tekşiruvlarni kelişiş faqat Boş prokuratura tomonidan amalga oşiriladi.
Tadbirkorlik sub'yektlari ularda ötkazilayotgan tekşiruv haqidagi hamda ularning faoliyatini tekşirayotgan nazorat qiluvçi organlar töğrisidagi ma'lumotni Boş prokuratura yoki viloyat prokuraturalaridan yozma şaklda yoki axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, şu jumladan Yagona tizimdan foydalangan holda elektron şaklda bepul olişga haqlidir.
Ötkazilgan tekşiruvdan norozi bölgan tadbirkorlik sub'yektlari nazorat qiluvçi organlarning yuqori taşkilotlariga yoki belgilangan tartibda sudga murojaat qiliş huquqiga ega.
Nazorat qiluvçi organlar quyidagi asoslar mavjud bölganda:
jismoniy va yuridik şaxslarning qonun hujjatlari buzilişi holatlari haqidagi murojaatlari asosida;
nazorat qiluvçi organlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida ötkazilgan “xavfni tahlil etiş” natijalari, şu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boşqa taşqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma'lumotlar asosida vakolatli organga tekşiruv ötkazişni sörab murojaat qilişga haqli.
Bunda jismoniy va yuridik şaxslar murojaatlarining anonim emasligi hamda tekşiruv ötkazilişi rejalaştirilayotgan tadbirkorlik sub'yektining amalda faoliyat körsatayotganligi nazorat qiluvçi organ tomonidan dastlab örganib çiqilişi lozim.
Bir kunlik muddatda ötkaziladigan tekşiruvni kelişiş uçun buyurtma nazorat qiluvçi organning viloyat darajasidagi hududiy bölinmasi orqali viloyat prokuraturasiga kiritiladi.
Muddati bir kundan ortiq bölgan tekşiruvni kelişiş uçun esa buyurtma nazorat qiluvçi organning viloyat darajasidagi hududiy bölinmasi orqali uning markaziy apparati tomonidan Boş prokuraturaga kiritiladi.
Nazorat qiluvçi organning tuman (şahar) bölinmasi taşabbusi bilan ötkaziladigan tekşiruvlarni kelişiş tekşiruvga asos bölgan hujjatlarni axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda uşbu organning viloyat darajasidagi bölinmasiga taqdim etiş orqali amalga oşiriladi.
Nazorat qiluvçi organ tomonidan taqdim etilgan tekşiruvni kelişiş töğrisidagi buyurtmada quyidagi ma'lumotlar körsatiladi:
tekşiruv ötkazuvçi organ nomi;
tekşiruv ötkaziladigan tadbirkorlik sub'yektining nomi (filiali yoki şoxobçasi), soliq tölovçining identifikatsiya raqami, manzili;
tekşiruv ötkaziş uçun asos;
talablari buzilişi mumkin bölgan normativ-huquqiy hujjat töğrisida ma'lumot;
tekşiruv ötkaziş muddati;
tekşiruv predmeti;
tekşiriladigan faoliyat davri.
Buyurtmaga jismoniy yoki yuridik şaxsning qonunbuziliş holatlari haqidagi murojaati nusxasi, “xavfni tahlil etiş” tizimi orqali aniqlangan qonunbuziliş holati böyiça batafsil ma'lumot hamda tekşiruv dasturi ilova qilinadi.
Tekşiruv dasturi uşbu murojaatda körsatilgan holatlar yoki “xavfni tahlil etiş” tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilişlar doirasida tuzilişi va nazorat qiluvçi organ rahbari tomonidan tasdiqlanişi şart.
Buyurtma vakolatli organ tomonidan uç iş kunidan keçiktirmasdan körib çiqiladi hamda tekşiruvni ötkaziş kelişilganligi yoki rad etilganligi töğrisida qaror qabul qilinadi.
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelişi, şu jumladan inson hayoti va soğligining xavf ostida qolişi, atrof-muhit zararlanişi, jiddiy moddiy talafotlar kelib çiqişi hamda odamlarning hayot faoliyati şaroiti izdan çiqişiga olib kelişi mumkin bölgan holatlar böyiça tekşiruvlarni kelişiş töğrisidagi buyurtmalar bir iş kuni içida körib çiqiladi.
Boş prokuratura tomonidan qabul qilingan qarorlar Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining soliq va bojxona sohalaridagi qonunçilik ijrosi ustidan nazoratni amalga oşiriş uçun mas'ul örinbosari, yöqligida esa uning vakolatini amalga oşiriş yuklatilgan Boş prokurorning boşqa örinbosari tomonidan imzolanadi.
Viloyat prokuraturalari tomonidan qabul qilingan qarorlar tegişinça Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokurorlari tomonidan, ular yöqligida esa vazifalarini vaqtinça bajaruvçi prokuror örinbosarlari tomonidan imzolanadi.
Tekşiruv ötkaziş kelişilganligi yoki rad etilganligi töğrisidagi qaror qabul qilingandan boşlab bir iş kunidan keçikmasdan nazorat qiluvçi organga yuboriladi.
Nazorat qiluvçi organ tekşiruvni ötkaziş kelişilgan kundan boşlab uç iş kuni içida tekşiruv ötkaziş töğrisida buyruq qabul qiladi.
Buyruqda tekşiruv ötkaziş uçun asos bölgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvçi organning tekşiruvda iştirok etadigan mas'ul xodimlari tarkibi, tekşiriladigan tadbirkorlik sub'yektining nomi (filiali yoki şoxobçasi), soliq tölovçining identifikatsiya raqami, manzili, tekşiruv maqsadi, muddati va tekşiriladigan faoliyat davri körsatiladi hamda tekşiruv dasturi ilova qilinadi.
Nazorat qiluvçi organning tegişli tarkibiy bölinmasi tomonidan ötkaziladigan tekşiruvga uning boşqa tarkibiy bölinmalarining tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini tekşiriş huquqiga ega bölgan xodimlari jalb etilişi mumkin.
Nazorat qiluvçi organning yuqori taşkiloti tekşiruvni quyi bölinmalariga yuklaşga haqli.











