Rossiyada pensiya yoşi kötarilişiga qarşi boşlangan namoyişlar davomida Sankt-Peterburg şahrida politsiya tomonidan 80 kişi qölga olingan.
«Bumagi» naşri xabariga köra, Sankt-Peterburgda jami 2 ming kişi köçalarga çiqqan. Qölga olinganlar orasida yoş bolalar va keksa kişilar ham bor.
Bugun mamlakatda saylovlar barobarida muxolif siyosatçi Aleksey Navalniy tarafdorlari tomonidan norozilik aksiyalari ötkazilmoqda. Norozilik aksiyalari Kaliningraddan Vladivostokkaça bölgan hududni qamrab olgan va köplab şaharlarda namoyişga çiqqan faollar qölga olinmoqda.
«OVD-Info» ma'lumotiga köra, butun Rossiya böylab qölga olinganlar soni 153 nafarni taşkil etmoqda.












