Britaniyaning QS Quacquarelli Symonds taşkiloti tomonidan bitiruvçilarning işga joylaşiş körsatkiçi böyiça top-500 universitetlar xalqaro reytingi tuzildi. QS uçinçi reytingi natijalari taşkilot saytida e'lon qilingan.
Röyxatning birinçi örnidan Massaçusetts texnologiyalar instituti (AQŞ) joy oldi. Ikkinçi va uçinçi poğonalarni mos ravişda Stenford universiteti (AQŞ) hamda Garvard universiteti (AQŞ) egalladi.
Keyingi örinlardan Kaliforniya texnologiyalar instituti (AQŞ), Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya), Oksford universiteti (Buyuk Britaniya), London universiteti kolleji (Buyuk Britaniya), London imperiya kolleji (Buyuk Britaniya), Çikago universiteti (AQŞ), Tsyurix texnologiyalar federal instituti (Şveytsariya) joy oldi.
Şuningdek, top-20ga Nanyang texnologiyalar universiteti (Singapur), Lozanna politexnika federal instituti (Şveytsariya), Prinston universiteti (AQŞ), Kornell universiteti (AQŞ), Singapur milliy universiteti (Singapur), Yyel universiteti (AQŞ), Jon Xopkins universiteti (AQŞ), Kolumbiya universiteti (AQŞ), Pensilvaniya universiteti (AQŞ), Avstraliya milliy universiteti (Avstraliya) kiritildi.












