Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb etiş, tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarining öz vaqtida amalga oşirilişini ta'minlaş, şuningdek, böş turgan obektlar, yer uçastkalari va boşqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalaniş maqsadida Özbekiston prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini jadal amalga oşirişni taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Hududlarda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş komissiyasi hamda tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş böyiça hududiy guruhlar taşkil etildi.

Ön kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va taşkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni körib çiqiş hamda tadbirkorlikni rivojlantirişga, tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan mavjud byurokratik tösiq va ğovlarni bartaraf etiş komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Şuningdek, tadbirkorlikni rivojlantiriş, tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini amalga oşiriş böyiça qabul qilingan qarorlar, şu jumladan, davlat organlari va taşkilotlariga manzilli topşiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oşiriş hamda hududiy guruhlar tomonidan çuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantiriş, tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini amalga oşirişdagi byurokratik tösiq va ğovlarni bartaraf etiş maqsadida qonunçilikni yanada takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiqiş komissiyaning muhim vazifalari sirasiga kiradi.

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi holatini, şu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, işlab çiqariş va boşqa infratuzilmani örganiş, şuningdek, ularni, şu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablağlarini jalb etgan holda yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça takliflar kiritiş;

- hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boşqalar) kelib çiqib, investitsiya kiritişni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, şuningdek, böş turgan davlat mulki obektlari va yer uçastkalarini örganiş va aniqlaş;

- tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qöllab-quvvatlangan va tegişli hududda amalga oşiriş taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor körib çiqiş çoralarini köriş, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uçraşuvlar ötkaziş;

- tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini, şu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oşirişda tijorat banklarining iştirokini ta'minlaş;

- böş turgan davlat mulki obektlari va yer uçastkalarini auksion savdolariga qöyiş bilan boğliq masalalarning tezkorlik bilan hal etilişini ta'minlaş;

- joylarda davlat organlari va taşkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan boğliq muammoli masalalarni, şuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini amalga oşiriş böyiça takliflarni Komissiyaga kiritiş;

- vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, şuningdek, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik taşabbuslari va loyihalarini jadal amalga oşiriş böyiça faoliyatini muvofiqlaştiriş hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilandi.