Taqdirlaş marosimi «Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida» xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida bölib ötdi.

JSST boş direktori Ziroat Mirziyoyevaning bolalar manfaatlarini himoya qiliş, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalarni qöllab-quvvatlaşdagi faoliyatini alohida qayd etdi.

«Muhtaram Birinçi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçi, har bir bolaning taʼlim oliş va soğlom hayot keçiriş huquqining himoyaçisisiz», - dedi Tedros Adhanom Gebreyesus.

Mazkur mukofot 2019-yilda taʼsis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilişda aniq natijalarga erişgan, alohida yetakçilik va yuksak yutuqlarni namoyon etgan şaxslarga beriladi.

Avvalgi yillarda mukofot bilan davlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, olimlar hamda jamoat arboblari taqdirlangan.

Ularning xizmatlari orasida global emlaşni rivojlantiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va soğliqni saqlaş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş kabi yönalişlar bor.