Bugun, 11 sentabr kuni Özbekiston milliy terma jamoasi Toşkentda Eronga qarşi navbatdagi örtoqlik uçraşuvi ötkazdi. Öyin eronliklar hujumçisi Mahdiy Turobiyning 67-daqiqada urgan goli evaziga mehmonlarning 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Şu tariqa, Ektor Kuper qöli ostidagi jamoa öz antirekordini yangiladi. Özbekiston terma jamoasi qatorasiga öninçi öyinda ğalaba qozona olmadi. Oxirgi marta 2017 yilning yozida Tailandni yenggan jamoa, şundan keyin 3 marta durang öynab, 7 marta yutqazgan.
«Tribuna» fotomuxbirlari öyinning asosiy lahzalarini aks etgan fotoreportajni taqdim etadi.




































