MBning banklar faoliyatini tartibga soluvçi bir qator hujjatlariga özgartirişlar va qöşimça kiritildi, deb yozmoqda Norma.
  
Ilgari boşqa şaxsga kafolat beriş boş bankning kredit qömitasi tomonidan körib çiqilgan va boşqaruv raisining imzosi bilan rasmiylaştirilgan. Filiallarga kafolat beriş taqiqlangan edi.

Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini beriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlarga muvofiq endilikda kredit qömitasi rozilik bergandan söng va kredit siyosatida körsatilgan kafolat berişning limitlari doirasida filiallarga ham kafolat berişga ruxsat etildi.
 
Berilgan kafolatlarning töğri yuritilişi uçun javobgarlik boşqaruv raisi zimmasiga yuklatildi, ularning özi esa «Davlat belgisi» DIÇBning himoyalangan blanklarida rasmiylaştiriladi.
  
Bankka aloqador bölgan şaxslar bilan tuziladigan bitimlar töğrisidagi nizomga tegişli özgartirişlar kiritildi.
 
Birinçidan, bankka aloqador bölgan şaxslarga töğri keluvçi tavakkalçilikning eng yuqori darajasini hisoblaşda endilikda bankka aloqador bölgan şaxsning kreditlovçi bankda depozitlar bilan ta'minlangan kreditlari hisobga olinmaydi.   
 
Eslatib ötamiz, bank bilan aloqador şaxslarning röyxati «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunning 26-moddasida keltirilgan. Bankka aloqador bölgan bitta şaxsga töğri keluvçi tavakkalçilikning eng yuqori darajasi esa bank birinçi darajali kapitalining 25%idan oşmasligi lozim (umuman olganda barça aloqador şaxslarga – 100%). 
 
Ikkinçidan, bank bilan aloqador şaxslarni moliyalaştirişda kreditlar ta'minotiga qöyiladigan talablar quyidagiça pasaytirildi:

• ta'minot sifatida milliy valyutada depozit qöyilganda – kredit summasining kamida 100%i;
• ta'minot sifatida xorijiy valyutada depozit qöyilganda – kredit summasining kamida 105%i;
• ta'minot sifatida davlat qimmatli qoğozlari qöyilganda – kredit summasining kamida 125%i;
• ta'minotning boşqa turlari qöyilganda – kredit summasining kamida 130%i.